Joriy yilning 7-sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida “Oʻzbekiston kapital bozori: rivojlanish strategiyasi va tartibga solish” mavzuida V xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzsanoatqurilishbankning mahalliy va xalqaro fond bozoridagi ishtirokiga bagʻishlangan taqdimot ham namoyish etildi.
Prezidentimiz tomonidan shu yilning 2-sentyabr kuni “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi. Hujjatda kapital bozorini yanada rivojlantirish, uning infratuzilmasini takomillashtirish, investorlarni kapital bozoriga jalb etishni ragʻbatlantirishga qaratilgan qator vazifalar belgilandi.
Mutasaddi idoralar, mahalliy va xorijiy banklar, investitsion va ishlab chiqarish kompaniyalari, xalqaro moliya institutlari, reyting agentliklari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbirda dastlab mazkur qaror ijrosi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlamiga toʻxtalindi.
Kapital bozori ishtirokchilari uchun tartib-tamoyillarni soddalashtirish va investorlarning huquqlarini himoya qilish borasida xalqaro ekspertlar bilan fikr almashildi. Oʻzbekistonning yangi investitsion imkoniyatlari xususida keng axborot berildi.
Oʻzsanoatqurilishbankning mamlakat banklari tarixida ilk bor London fond birjasida muvaffaqiyatli joylashtirgan 300 mln. AQSH dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalari va yaqinda 100 mln. AQSH dollariga teng “yashil” yevrobondlari ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.
Shuningdek, Oʻzsanoatqurilishbankda tijorat banklari orasida birinchilardan boʻlib investitsion bank xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgani alohida eʼtirof etildi.
Taʼkidlash joiz, Oʻzsanoatqurilishbank korporativ mijozlar uchun IPO tashkil etish va obligatsiyalarni chiqarish boʻyicha anderrayterlik xizmatini koʻrsatib kelmoqda.
Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...
Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...

