SQB 104 yoshda: ishonch va hamkorlikka asoslangan taraqqiyot


12.10.2026 06:39

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tashkil topganining 104 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda bank mijozlari, hamkorlari, jamoatchilik faollari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda bankning ko‘p yillik faoliyati, erishgan natijalari va kelgusidagi rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari alohida e’tirof etildi.

104 yillik tarix – bu bir necha avlodning mehnati, mijozlar ishonchi va hamkorlikka asoslangan taraqqiyot yo‘lidir. Bank o‘tgan davr mobaynida mamlakat iqtisodiyoti bilan hamnafas rivojlandi. Yirik sanoat loyihalaridan tortib, kichik tadbirkorlik tashabbuslarigacha bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

So‘nggi yillarda SQB xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirib, yashil moliyalashtirish va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida izchil qadamlar tashlamoqda. Bank 2023-yilda iqlim loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million AQSh dollari miqdorida yevrobondlar chiqardi. 2024-yilda London fond birjasida qariyb 4,3 trillion so‘mlik barqarorlik obligatsiyalarini joylashtirdi. 2025-yilda 300 million AQSh dollarilik AT1 obligatsiyalarini chiqarib, O‘zbekiston bank sektori tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Bundan tashqari, bank Fitch, S&P Global, Moody’s kabi xalqaro reytinglarda barqaror natijalarni qayd etib kelmoqda.
SaidovPhoto_ 413.jpg

– 104 yil tarix uchun kichik muddat, ammo bank uchun bunday emas. Bu 104 yillik tajriba, mahorat deganidir, – deydi tadbirkor Saida Dadabayeva. – Bankdagi har bir mutaxassis o‘z vazifasini puxta o‘zlashtirgan, boshqaruv oqilona yo‘lga qo‘yilgan. O‘zsanoatqurilishbankning uzoq yillik mijoziman, hamkorligimiz davomida biror marta xatolikka yo‘l qo‘yilmagan.

Bugun 104 yillik tajribaga ega SQB tarixiy an’analarini zamonaviy bank xizmatlari, raqamli yechimlar va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirgan holda mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shmoqda. Shu bilan birga, mijozlar ishonchini oqlash, hamkorlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish bank faoliyatining muhim tamoyillari bo‘lib qolmoqda.

– Korxonamiz chorak asrlik faoliyatining 20 yilida O’zsanoatqurilishbank biz bilan yelkadosh bo’lib kelmoqda, – deydi tadbirkor Aziza Papova. –Faoliyatimizdagi qiyin vaqtlarda hamisha bizni qo‘llab-quvvatladi, yordam berdi. SQB doimo zamon bilan hamnafas, ishonchli. Shu bois ishbilarmonlar, tadbirkorlarga hamisha shu bankni tavsiya qilaman.

Bankning bugungi natijalarida mijozlar, hamkorlar va jamoa a’zolarining munosib hissasi bor. Ularning ishonchi, hamkorligi va fidokorona mehnati SQBning izchil rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 104 yillik tarix va tajribaga ega bank kelgusida ham mijozlar manfaatlariga xizmat qilish, iqtisodiyot tarmoqlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy bank xizmatlarini rivojlantirish yo‘lidagi faoliyatini davom ettiradi.





Other news

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...


Last updated date: 14.10.2026 11:42  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит