• Main
  • Press-center
  • SQBda korrupsiyaning oldini oliş va oçiqlikni taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda

SQBda korrupsiyaning oldini oliş va oçiqlikni taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda


30.10.2026 12:29

Özsanoatqurilişbankda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida korrupsiyaviy xavflarni kamaytiriş, içki nazoratni kuçaytiriş va bank xizmatlari şaffofligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirildi. Ularning natijalari joriy yilning 30-oktabr kuni ötkazilgan brifingda jamoatçilikka taqdim etildi.

– Korrupsiyaga qarşi kuraşiş qonun ustuvorligini taʼminlaş, iqtisodiy taraqqiyotni qöllab-quvvatlaş va jamiyat işonçini mustahkamlaşning muhim şartlaridan biridir, – dedi «Özsanoatqurilişbank» ATB Boşqaruv raisi örinbosari Abduraşid Hakimov.
 – Ayniqsa, bank-moliya tizimida qarorlarning xolisligi, xizmatlardan teng foydalaniş imkoniyati va mijozlar manfaatlarini himoya qiliş alohida ahamiyatga ega. Şu bois bankda qoidabuzarliklarga nisbatan çora köriş bilan birga, ularni keltirib çiqarişi mumkin bölgan xavflarni oldindan aniqlaş va bartaraf etişga ham eʼtibor qaratilmoqda. 

Prezidentimizning 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va taşkilotlarining korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari mustaqilligini taʼminlaş hamda faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida bankda alohida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş xizmati taşkil etildi. Xizmat xodimlarining yarmidan köpi hududlarda faoliyat yuritişi joylarda xavflarni erta aniqlaş, profilaktika işlarini kuçaytiriş hamda murojaatlarga tezkor munosabat bildiriş imkonini kengaytirmoqda.

Xodimlarning huquqiy savodxonligi va kasbiy masʼuliyatini oşiriş maqsadida hisobot davrida 3178 nafar xodim turli öquv dasturlarida iştirok etdi. Ularning 631 nafari Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasining maxsus kursini yakunladi. Şuningdek, 52 ta öquv-trening va maʼrifiy tadbir ötkazildi. Sakkizta hududda aholi va tadbirkorlar bilan taşkil etilgan oçiq muloqotlarda 300 nafardan ortiq kişi qatnaşdi.

Içki nazorat va murojaatlar bilan işlaş

2026-yilning dastlabki töqqiz oyida korrupsiya masalalari böyiça maxsus aloqa kanallari orqali 44 ta xabar va murojaat kelib tuşdi. Ularning 20 tasida bayon etilgan holatlar tasdiqlandi.

Şu davrda 40 ta xizmat tekşiruvi ötkazildi. Natijada 33 nafar xodimga nisbatan intizomiy çoralar qöllanildi. Jumladan, 17 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilindi. Şuningdek, 13 ta material huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi.

Manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş maqsadida xodimlar tomonidan taqdim etilgan 5210 ta deklaratsiya örganildi. Natijada 202 ta holat aniqlandi. Ularning 201 tasi ehtimoliy, bittasi esa mavjud manfaatlar töqnaşuvi sifatida baholandi. Mavjud manfaatlar töqnaşuvi Odob-axloq komissiyasi qarori asosida bartaraf etildi.

Korrupsiyaviy xavflarni baholaş va şaffoflik

Bankning 21 ta funksiyasi korrupsiyaviy xavflar böyiça baholandi. Natijada 11 ta funksiya past, 9 tasi örta va bittasi yuqori xavf darajasiga ega deb topildi. Yuqori xavfli yönaliş sifatida kredit faoliyati belgilandi. Bu natija kreditlaş jarayonida nazorat mexanizmlarini takomillaştiriş, qarorlar qabul qilişda şaffoflikni oşiriş va inson omili taʼsirini kamaytiriş zarurligini körsatadi.

Iyun oyida 2544 nafar respondent iştirokida ötkazilgan anonim sörovnoma bank xizmatlaridagi oçiqlik va korrupsiyaviy xavflarga munosabatni baholaş imkonini berdi.

Sörovnoma natijalariga köra, iştirokçilarning 56,4 foizi kreditlaşni korrupsiyaviy xavfi yuqori bölgan yönaliş sifatida körsatdi. Şu bilan birga, respondentlarning 98,4 foizi bank xizmatlarida oçiqlik va şaffoflikka rioya etilişini ijobiy baholadi. Iştirokçilarning 97,4 foizi esa korrupsiya va manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga ijobiy baho berdi.

Sörovnoma natijalari içki nazoratni takomillaştiriş va korrupsiyaviy xavflarni kamaytiriş böyiça çoralarni belgilaşda inobatga olinmoqda.
Raqamlaştiriş – şaffoflikni oşiriş omili

Bank xizmatlarini raqamlaştiriş korrupsiyaviy xavflarni kamaytirişning muhim yönalişlaridan biridir.

2026-yil 1-oktabr holatiga köra, «SQB Mobile» foydalanuvçilari soni 3,4 million nafarga, «SQB Business» foydalanuvçilari soni esa 56,1 ming nafardan oşdi.

Masofaviy xizmatlarning kengayişi bank jarayonlarini standartlaştiriş, ortiqça bevosita muloqotni qisqartiriş va operatsiyalar şaffofligini oşirişga yordam bermoqda.

Şuningdek, bankning korrupsiyaga qarşi kuraşiş menejment tizimi 2026-yil iyul oyida ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablariga muvofiq qayta sertifikatlaşdan ötdi.

– Kelgusida ham korrupsiyaviy xavflarni erta aniqlaş, kreditlaş jarayonida içki nazoratni kuçaytiriş, murojaatlarni xolis körib çiqiş va raqamli xizmatlarni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratamiz. Maqsadimiz – har bir mijoz uçun adolatli, oçiq va işonçli moliyaviy muhitni taʼminlaş, – dedi Abduraşid Hakimov.







Other news

10/29/2026 09:33:53 am
Tadbirkorlar bilan uçraşuvlar davom etmoqda

“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...

10/28/2026 02:37:14 pm
SQB: MAHALLADAGI TAŞABBUSDAN BARQAROR DAROMADGAÇA

Bir tadbirkorning kiçik oilaviy biznesi bugun 35 kişi mehnat qilayotgan korxonaga aylangan. Boşqasi esa 15 millio ...

10/28/2026 10:53:57 am
Özsanoatqurilişbank — 104 yillik taraqqiyot va işonç yöli

Özsanoatqurilişbank özining 104 yillik tarixini qarşi olmoqda. Bu sana — bankning boy tajribasi, izçil rivojlaniş ...


Last updated date: 30.10.2026 17:32  
up