Xorazm sayyohlik xaritasi yana bir manzil bilan boyidi


12.10.2026 12:14

Tarixiy obidalari, betakror me’morchiligi va boy madaniy merosi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelayotgan Xiva bugun zamonaviy turizm markazi sifatida ham rivojlanmoqda. Bu jarayonda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish maskanlarini tashkil etish, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ichanqal’a yaqinida faoliyat boshlagan “Sofra” restoran-mehmonxona majmuasi ana shu ehtiyojga javob beradigan loyihalardan biridir.
DSC05640 (1).jpg

“Sofra” brendining restoran-mehmonxona majmuasi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida yurtimizda faoliyat yuritayotgan nufuzli ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida jurnalistlar loyiha imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlari va hudud turizmini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning guvohi bo‘ldilar.

Press-tur davomida OAV vakillariga loyiha tarixi, uning amalga oshirilish bosqichlari va kelgusidagi rejalari haqida aytib berildi. Ushbu tashabbus bundan bir yil avval Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida yosh tadbirkor Ollashukur Rustamov tomonidan taklif sifatida bildirilgan edi. Tadbirkorga ko‘rsatilgan e’tibor, yaratilgan imkoniyatlar hamda O‘zsanoatqurilishbankning moliyaviy ko‘magida kechagi tashabbus endilikda amaliy loyihaga aylandi. Tadbirkor yosh bo‘lishiga qaramay, “Sofra”ni bugun muvaffaqiyatli brend sifatida shakllantira oldi.

Majmua doirasida 90 o‘rinli premium darajadagi mehmonxona hamda bir vaqtning o‘zida 400 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega restoran faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda mehmonlarga qulaylik va yuqori darajadagi servisni birlashtirgan xizmatlar taklif etilmoqda. Bu yerga kelgan sayyoh mehmonxonadan ochiq osmon ostidagi muzey “Ichan Qal’a”ga borishda qiyinchilikka duch kelmaydi, tarixiy manzaradan bahramand bo‘lgancha bir piyola choy ustidagi suhbatlar esa yanada yoqimli bo‘ladi.

Loyihaning ahamiyati nafaqat turizm infratuzilmasini rivojlantirish, balki aholi bandligini ta’minlashda ham namoyon bo‘lmoqda. Majmua faoliyati natijasida 200 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Ishga qabul qilishda, jumladan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari va xorijdan ish izlab qaytgan yoshlarga ustuvorlik berilgan. Ayni paytda restoran-mehmonxona xizmatlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar til o‘rganib, o‘z ustida ishlab mehmonxona hamda xizmat ko‘rsatish sohasida tarjibasini oshirmoqda. Eng muhimi, oilasi bag‘rida, doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Bu kabi loyihalar hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, mahalliy aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish va sayyohlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ayniqsa, tarixiy shaharlarda milliy mehmondo‘stlik an’analarini zamonaviy servis bilan uyg‘unlashtirish turizm jozibadorligini yanada oshiradi.

“Sofra” loyihasi tadbirkorlik tashabbusi, moliyaviy ko‘mak va imkoniyatlar birlashganda qanday natijalarga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. O‘zsanoatqurilishbankning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati esa yangi xizmat ko‘rsatish maskanlarini tashkil etish, ish o‘rinlarini yaratish va hududlar iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shishda muhim o‘rin tutadi. Xivadagi “Sofra” majmuasi bugun turizm infratuzilmasini boyitish bilan birga, yangi imkoniyatlar va istiqbolli rejalar uchun ham zamin yaratmoqda.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

Tashqi aloqalarni muvofiqlashtirish xizmati.



Other news

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...


Last updated date: 14.10.2026 10:38  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит