• Main
  • Press-center
  • “O‘zsanoatqurilishbank” – Samarqand shahridagi eng namunali bank

“O‘zsanoatqurilishbank” – Samarqand shahridagi eng namunali bank


19.10.2018 17:25

“O‘zsanoatqurilishbank” – Samarqand shahridagi eng namunali bank

18 oktabr – Samarqand shahri kuni munosabati bilan “O‘zsanoatqurilishbank”ning Samarqand shahridagi Amir Temur filiali “Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatadigan eng namunali bank” deya e’tirof etildi.

Bunda Samaraqandda aholi turmush farovonligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va shu orqali mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan muassasa sifatida Amir Temur filiali boshqaruvchisi Farhod Hamidov Samarqand shahar hokimligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

“O‘zsanoatqurilishbank”ning Samarqand shahridagi Amir Temur filiali 2003 yilda faoliyat boshlagan bo‘lib, bugungi kunda ushbu hududdagi 6,5 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxs maqomidagi mijozlarga zamonaviy standartlar asosida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Qayd etib o‘tamiz, 18 oktabr kuni Samarqand shahrida bayram munosabati bilan “O‘tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahar” shiori ostida turkum tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda #Samarkandday xeshtegi ostida tanlovlar o‘tkazildi. Registon maydonida esa 3D shou dasturi namoyish qilindi.

Ushbu kun, shuningdek, muqaddas obidalar va betakror tarixiy mo‘‘jizalariga boy Samarqand shahrining bugungi zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish salohiyatini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan turli davlat va jamoat tashkilotlari, bank-moliya muassasalari alohida rag‘batlantirildi.

Ular qatorida Samarqand shahri Amir Temur filialining eng namunali bank sifatida e’lon qilingani “O‘zsanoatqurilishbank” nufuzini yanada oshirib, butun jamoa ruhini ko‘tardi.






Last updated date: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo