O‘zsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurash tizimli amalga oshirilmoqda
15.05.2025 09:28
O‘zsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurashish, xususan, davlatimiz rahbarining 2025-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida belgilangan muhim vazifalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Xususan, bank tomonidan ishlab chiqilgan 2025-yilga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi doirasida xodimlarning bilim va saviyasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda joriy yilning 13-may kuni bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tashabbusi bilan Bosh bankning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy tarmoq (BXO va BXM)larda faoliyat boshlagan yangi xodimlar uchun maxsus o‘quv-trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda ishtirokchilar “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va bartaraf etish siyosati” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida”gi nizom talablari bilan atroflicha tanishtirildi.
O‘quv jarayonida ishtirokchilarga xalqaro amaliyot va ilg‘or xorij tajribasi asosida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va boshqarish mexanizmlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida milliy qonunchilik va bankning ichki me’yoriy hujjatlari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
Trening yakunida xodimlar o‘rgangan bilimlarini test sinovlari orqali mustahkamlab, baholashdan o‘tkazildi. Bundan tashqari, ularning huquqiy ongi va shaxsiy mas’uliyatini oshirish maqsadida “Korrupsiya – halokatga yo‘l” nomli videorolik namoyish etildi.
Bank axborot xizmati

964