
2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida Bankka yangi ishga qabul qilingan xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, ularning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishda yangi ishga qabul qilingan xodimlarga korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va uni belgilangan tartibda boshqarish, xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki talab va tartib-taomillarni tushuntirishga qaratilgan o‘quv-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Hisobot davrida jami 213 nafar yangi ishga qabul qilingan xodim korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi o‘quv va ma’rifiy tadbirlarga jalb qilinib, ularning mazkur sohadagi huquqiy bilimi, xabardorligi hamda amaliy ko‘nikmalari oshirildi.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida yangi ishga qabul qilingan xodimlarda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tartibda xabar berish, xizmat vazifalarini halollik va xolislik tamoyillari asosida bajarish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan zarur bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.
2026-yil 19-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB)da “Deloitte” kompaniyasining EMEA Equity Capital Markets yo ...
Oʻzsanoatqurilishbankning barcha hududiy BXM va BXO filiallarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbir ...
SQBning joylardagi bank xizmatlari markazlari va bank xizmatlari ofislari xodimlari nafaqat mijozlarga sifa ...

