“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi tomonidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti va Toshkent davlat agrar universitetida “SQB – talabalar uchun” shiori ostida mahorat darsi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalar bank tizimida amalda bo‘lgan jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan bank xizmat va mahsulotlari, shu jumladan, ta’lim krediti, “SQB Mobile”, “SQB Business” kabi mobil ilovalar hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid dasturlar haqida batafsil tushunchaga ega bo‘lishdi.
Bank faoliyatida gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yo‘lga qo‘yilgan ishlar, haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartibi, ishga qabul va bankdagi “Ustoz-shogird” an’anasi xususida ham ma’lumotlar berildi.
Bank axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Sirdaryo BXO rahbariyati tashabbusi bilan Guliston shahrida faol va tashabb ...
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy ...
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...

