Kreditning to‘liq qiymati yillik samarali foiz stavkasi ko‘rinishida hisoblanadi. Unga kredit olish bilan bog‘liq to‘lovlar, jumladan, shartnomada nazarda tutilgan yoki kredit ajratilishi uchun zarur bo‘lgan uchinchi shaxslarga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar ham kiradi. Shartnoma tuzishdan oldin bankdan kreditning to‘liq qiymati hisob-kitobini so‘rang.
Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 66-modda.

