E'lonlar

Ehtiyot bo‘ling: drop-kartalar — firibgarlik sxemasining bir qismi bo‘lmang!


09.10.2025 18:00

Hurmatli mijozlar!

So‘nggi paytlarda firibgarlar o‘zlarining noqonuniy maqsadlari uchun mijozlardan bank kartasini “vaqtincha ishlatish” yoki “ishonchli odam sifatida yordam berish” bahonasida so‘rab olish holatlari ko‘paymoqda.
Aslida esa sizning kartangiz drop-kartaga — jinoyatchilar noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalanadigan vositaga aylanadi.

Kartangizni begonalarga topshirganingizda siz moliyaviy jinoyat ishtirokchisiga aylanasiz. Karta orqali o‘tgan barcha operatsiyalar sizning nomingizga yoziladi va javobgarlikni aynan siz tortasiz.

Eslab qoling:

kartani va uning ma’lumotlarini (raqam, amal qilish muddati, CVV, PIN, SMS-kod, parollar) hech kimga bermang;

kartani boshqa shaxs nomiga ochmang va “pul o‘tkazishga yordam berish” taklifiga rozi bo‘lmang;

“oson daromad” va’dalariga ishonmang — bu ko‘pincha firibgarlikdir.

Bank har bir tranzaksiyani qayd etadi. Shubhali pul o‘tkazmalari karta bloklanishiga, mablag‘larning yo‘qolishiga va hatto jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

Pul va obro‘yingizni asrang — bank kartangiz faqat sizga mo‘ljallangan.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-153-son qaroriga asosan “kiberjinoyatni sodir etishda o‘z nomidagi bank kartasidan, bank hisobraqamidan, SIM kartasidan hamda elektron hamyonidan (elektron akkauntlar) foydalanishga yo‘l qo‘ygan shaxslar (drop) uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar belgilanishi” ko‘zda tutilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun +998 71 200 43 43 va 1180 telefonlari orqali, www.sqb.uz  sayti yoki bankning eng yaqin ofislaridan biriga murojaat qilishingiz mumkin.




Другие новости

24.07.2026 17:46:11
Angren shahridagi SQB bankomati boshqa manzilga ko‘chirilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning Toshkent viloyati, Angren shahri, Buston MFY, Alisher Navoiy ko‘chasida, An ...

24.07.2026 17:34:51
Jizzax shahridagi SQB bankomatida vaqtinchalik texnik nosozlik

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning Jizzax shahri, Islom Karimov ko‘chasi, “Zafaron” mehmonxonasi binosida joyl ...

24.07.2026 15:56:35
Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan «REFINANS» krediti va «Qulay imkoniyat» depoziti shartlaridagi o‘zgarishlar

Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan amaldagi «REFINANS» kredi ...


Дата последнего обновления: 09.10.2025 18:05  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send