E'lonlar

SQB Plus’ga obuna bo‘ling va 20 kun bepul foydalaning


27.08.2026 12:07

Hurmatli mijozlar!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB SQB Mobile ilovasi foydalanuvchilari uchun maxsus aksiya o‘tkazmoqda.

2026-yil 25-avgustdan 15-sentabrgacha SQB Plus xizmatlar paketiga birinchi marta obuna bo‘lgan mijozlar undan barcha belgilangan limitlar saqlangan holda 20 kun davomida bepul foydalanishlari mumkin.

SQB Plus imkoniyatlari

  • 30 kunlik obuna davrida 10 mln so‘mgacha bepul P2P pul o‘tkazmalari;
  • to‘lovlar uchun ikki baravar keshbek;
  • daromad va xarajatlarni qulay kuzatib borish imkonini beruvchi hisobotlar.

Bepul foydalanish muddati tugagach, obuna amaldagi tarifga muvofiq pullik asosda davom ettiriladi. Obuna narxi — 30 kun uchun 35 000 so‘m.

Aksiyadan foydalanish uchun 2026-yil 15-sentabrga qadar SQB Mobile ilovasida SQB Plus xizmatlar paketiga obuna bo‘ling.

Qo‘shimcha ma’lumotni SQB Mobile ilovasida, Kontakt-markazning +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali, shuningdek, Bankning eng yaqin ofisidan olishingiz mumkin.





Другие новости

27.08.2026 10:10:08
SQB ning ayrim hududlardagi bankomatlarida texnik ishlar olib borilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning Toshkent viloyati Olmaliq tumani “Oydin” dehqon bozori hududidagi Uzkard ba ...

26.08.2026 12:23:00
MikroMadad mikroqarzi bo‘yicha “Istiqlol” maxsus taklifi

Hurmatli mijozlar! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi va “O‘zsanoatqurilishbank” ...

26.08.2026 10:01:35
SQBda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkaziladi

2026-yil 27-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishl ...


Дата последнего обновления: 27.08.2026 12:19  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send