E'lonlar

SQBdan yangi imkoniyat — «Kafolat-3» maqsadli ipoteka omonati


09.07.2026 17:34

Hurmatli mijozlar!

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomaga ega fuqarolar uchun milliy valyutadagi «Kafolat-3» jamg‘arma omonatining yangi shartlari joriy etilganini ma’lum qilamiz.

Omonat ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni shakllantirish uchun mo‘ljallangan. Foiz stavkasi yillik 15%, omonat muddati — 12 oy, omonat miqdori esa ajratilishi rejalashtirilayotgan ipoteka krediti summasining 15 foizini tashkil etadi.

Omonatning afzalliklari:

✅ foiz stavkasi — yillik 15%;

✅ ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni shakllantirish;

✅ omonatni mijozning o‘z mablag‘lari va davlat subsidiyasi mablag‘lari hisobidan shakllantirish imkoniyati;

✅ ipoteka krediti ajratish rad etilganda yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda, mablag‘lar to‘liq saqlangan oylar uchun yillik 15% stavkada foiz to‘lanadi;

✅ jamg‘arilgan mablag‘lar ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni shakllantirishga yo‘naltiriladi.

Yangi shartlar 2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha ochilgan maqsadli ipoteka omonatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari, www.sqb.uz sayti yoki Bankning eng yaqin ofislaridan olishingiz mumkin.





Другие новости

10.07.2026 20:21:32
SQB Mobile va SQB Business ilovalarida rejalashtirilgan texnik ishlar olib boriladi

Hurmatli mijozlar! O'zsanoatqurilishbankning mobil xizmatlari xavfsizligi va foydalanuvchilar ma’lum ...

10.07.2026 12:37:59
SQB Mobile — odatiy moliyaviy amaliyotlardan yanada ko‘proq manfaat

Hurmatli mijozlar! Endilikda SQB Mobile orqali amalga oshiriladigan kundalik to‘lovlarning yanada k ...

10.07.2026 11:27:42
Bankning ayrim bo‘linmalari faoliyati tugatilishi to‘g‘risida

Hurmatli mijozlar! Xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini optimallashtirish doirasida «O‘zsanoatqurilishbank» ...


Дата последнего обновления: 09.07.2026 17:42  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send