Bo'sh ish o'rinlari

Garov markazi Baholash xizmati yetakchi menejeri


23.07.2026 10:54

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Garov markazi jamoasiga Baholash xizmati yetakchi menejeri lavozimiga malakali mutaxassisni taklif etadi.

Asosiy vazifalar:

Kredit ta’minoti sifatida taqdim etiladigan garov mulklarining tavsiyaviy bozor va garov qiymatini aniqlash;
Garov hujjatlari hamda mustaqil baholovchi hisobotlarini tahlil qilish;
Garov obyektlarining Bank ichki talablariga muvofiqligini o‘rganish;
Kredit ta’minoti sifatida qabul qilinayotgan hamda Bank balansidagi mulklarni baholash va xulosa tayyorlash;
Garov mulklarini qayta inventarizatsiya qilish jarayonida mustaqil baholovchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Garovni baholash metodologiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish;
Elektron tizimlar orqali kelib tushgan buyurtmalarni ko‘rib chiqish;
Baholash faoliyati bo‘yicha kunlik, oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlash;
"EHA" elektron hujjatlar tizimi orqali kelgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash;
Bankning ichki me’yoriy hujjatlari, korporativ etika va bank siri talablariga rioya qilish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Oliy iqtisodiy yoki muhandislik-qurilish yo‘nalishidagi ma’lumot;
Bank tizimi yoki baholash sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
Garov ta’minoti va mulkni baholash bo‘yicha amaliy bilim;
Baholashga oid qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni bilish;
Hujjatlarni tahlil qilish va xulosa tayyorlash ko‘nikmasi;
MS Office dasturlarini yaxshi bilish;
Mas’uliyatlilik, analitik fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmasi.

Biz taklif qilamiz:
Barqaror va ishonchli bankda ish;
Professional rivojlanish va o‘qitish imkoniyatlari;
Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
Raqobatbardosh ish haqi;
Do‘stona va professional jamoa.



Другие новости


Дата последнего обновления: 23.07.2026 10:56  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send