“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Garov markazi Baholash xizmatiga Kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi!
08.09.2026 17:54 Asosiy vazifalar:
- Kredit ta’minoti sifatida taqdim etiladigan mol-mulklarning tavsiyaviy bozor va garov qiymatini aniqlash;
- Garov hujjatlari hamda mustaqil baholovchi tashkilotlarning hisobotlarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish;
- Garovga olinishi ko‘zda tutilgan mol-mulklarning Bank ichki talablariga muvofiqligini o‘rganish;
- Bank garovidagi va balansiga qabul qilingan mol-mulklarni o‘rganish, baholash va tegishli xulosalar tayyorlash;
- Garov mulklarini qayta inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayonida ishtirok etish;
- Mustaqil baholovchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
- Baholash metodlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish;
- Elektron tizim orqali kelib tushgan buyurtmanomalarni Bank ichki qoidalariga muvofiqligini tekshirish;
- Baholash ishlari bo‘yicha kunlik, oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlash;
- Bankning ichki hujjatlari, topshiriqlari va ijro intizomi talablariga rioya qilish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy iqtisodiy yoki muhandislik-qurilish ma’lumoti;
- Bank yoki baholash sohasida ish tajribasi;
- Mol-mulkni baholash, garov ta’minoti va tegishli hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha bilim;
- Amaldagi qonunchilik va baholash faoliyatiga oid normativ hujjatlarni bilish;
- Tahliliy fikrlash va hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va yuqori darajadagi ijro intizomi;
- MS Office va elektron hujjat aylanish tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasi.

68
Другие новости