SQB Axborot texnologiyalari departamenti Mikroservis arxitekturasi xizmati rahbari lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.
17.08.2026 12:55
Asosiy vazifalar: • Java-mikroservislar va backend yechimlarini rivojlantirishni boshqarish. • Dasturlash jamoasi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish. • Ishlab chiqish sifati va muddatlarini nazorat qilish. • Java servislar va Oracle Database unumdorligini nazorat qilish. • Texnik va arxitektura risklarini boshqarish. • Axborot tizimlari bilan integratsiyalarni muvofiqlashtirish. • Analitiklar, QA, DevOps va boshqa bo’linmalar bilan hamkorlik qilish.
Talablar: • Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot. • Kamida 3 yillik ish tajribasi. • Java, Spring/Spring Boot, Microservices, REST API, Oracle, SQL/PLSQL, Git, CI/CD, mikroservis arxitekturasi va integratsiyalarni bilish. • Yetakchilik, mas’uliyatlilik, tizimli fikrlash, tahliliy qobiliyat. • Muloqotga kirishuvchanlik va qaror qabul qilish qobiliyati. • Rus yoki Ingliz tilini bilish.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 20.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.