Bo'sh ish o'rinlari

SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazining Ruxsatlarni boshqarish guruhi kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


31.07.2026 11:20

Agar siz axborot xavfsizligi sohasida rivojlanishni istasangiz hamda foydalanuvchilar kirish huquqlarini boshqarish va zamonaviy identifikatsiya tizimlari bilan ishlashga qiziqsangiz - sizni jamoamizda kutamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Hisob yozuvlarining hayot siklini boshqarish. • Joriy arizalarni ko‘rib chiqish va qayta ishlash. • Rolli kirish modeli (RBAC) talablariga rioya etilishini ta’minlash. • Foydalanuvchilarning kirish huquqlarini muntazam tekshirish va audit qilish. • Ma’lumotlarni tahlil qilish hamda hisobotlar tayyorlash.

 Talablar:
• Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot. • Microsoft Active Directory (AD), LDAP va boshqa axborot xavfsizligi yechimlari bilan ishlash tamoyillarini bilish. • Autentifikatsiya va avtorizatsiya o‘rtasidagi farqni hamda rolli kirish modeli (RBAC) tamoyillarini tushunish. • Axborot xavfsizligining asosiy tamoyillarini bilish. • Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish ko‘nikmalari. • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik. • O‘zbek tilini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 2.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.




Другие новости

31.07.2026 14:59:34
SQB Mikro va kichik biznes departamenti ijrochi direktori lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz bank biznesini rivojlantirish, sotuvlarni boshqarish va hududiy tarmoqlar faoliyatini samarali muvofiqlashtiris ...

31.07.2026 11:26:00
Menejer (Xaridlar bo‘yicha komplayens nazorati)

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Komplayens-nazorat departamenti Bank faoliyatida xaridlarni nazorat qilish gu ...


Дата последнего обновления: 31.07.2026 11:21  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send