Bo'sh ish o'rinlari

SQB Bank Mikro va kichik biznes departamenti Mijoz xizmatini rivojlantirish xizmati Amaldagi mijozlar bilan ishlash guruhi kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


19.06.2026 16:47

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish, sotuvlarni rivojlantirish va amaldagi mijozlar bilan samarali ishlash sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mikro va kichik biznes yo‘nalishidagi portfel mijozlarga masofaviy xizmat ko‘rsatish • Mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) bilan bog‘liq operatsiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashish • Portfel mijozlarining faollik darajasini oshirish va ular bilan muntazam aloqalarni yo‘lga qo‘yish • Mijozlarga qo‘shimcha bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilish (upsell) • Mijozlarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularga mos bank yechimlarini tavsiya etish • Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish • Faoliyat natijalari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va monitoring yuritish
Talablar:
• Oliy ma’lumot • Bank tizimida yoki mijozlar bilan ishlash yo‘nalishida kamida 1 yillik ish tajribasi • Sotuv va muzokaralar olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini bilish • Raqamli texnologiyalar va zamonaviy bank xizmatlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish • Analitik fikrlash va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv • O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish



Другие новости


Дата последнего обновления: 23.06.2026 10:56  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send