SQB Bank Moliyaviy menejment markazi Moliyaviy jarayonlarni robotlashtirish va Sun’iy intellekt (AI)ni rivojlantirish xizmati Yetakchi menejer (ML Engineer / GenAI Engineer) lavozimiga nomzodlarni tashqi tanlov asosida ishga taklif etadi.
09.07.2026 17:09
Biz Sun’iy intellekt, Machine Learning Engineering, Generative AI va MLOps yo‘nalishlarida tajribaga ega, AI yechimlarini production muhitga joriy etish hamda zamonaviy LLM texnologiyalari bilan ishlashni istovchi mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
SIZNING VAZIFALARINGIZ:
Production muhitida Machine Learning yechimlari va ma’lumotlarni qayta ishlash servislarining arxitekturasini loyihalash hamda joriy etish;
ML xizmatlari va inferens API interfeyslarini ishlab chiqish, integratsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash;
Generative AI va Large Language Models (LLM) asosidagi amaliy yechimlarni ishlab chiqish va loyihalarga tatbiq etish;
Bankning maxfiy ma’lumotlarini himoya qilgan holda korporativ RAG (Retrieval-Augmented Generation) tizimlarini yaratish va sozlash;
ML modellarining aniqligi, barqarorligi va samaradorligini monitoring qilish hamda sifat nazoratini olib borish;
AI yechimlarining biznes samaradorligini baholash uchun A/B testlash mexanizmlarini ishlab chiqish;
Data Mart, dashboard va analitik hisobotlarni yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash;
Model arxitekturasi, datasetlar va MLOps jarayonlari bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va yuritish;
Bankning ichki me’yoriy hujjatlari hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritish.
NOMZODDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI:
Oliy ma’lumot: Computer Science, Sun’iy intellekt, Data Science, amaliy matematika yoki turdosh yo‘nalishlarda;
Machine Learning Engineering, AI yoki Backend Development yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi;
Python dasturlash tilini mukammal bilish va AI/ML ekotizimlari bilan ishlash tajribasi;
Production muhitiga AI yechimlarini joriy etish bo‘yicha tajriba;
O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
KASBIY KO‘NIKMALAR:
FastAPI, Flask yoki gRPC yordamida yuqori yuklamali API servislarini ishlab chiqish;
Docker, Kubernetes va zamonaviy container texnologiyalaridan foydalanish;
Large Language Models (LLM), Prompt Engineering va Fine-tuning;
LangChain, LlamaIndex, Hugging Face ekotizimlari bilan ishlash;
RAG (Retrieval-Augmented Generation) tizimlarini yaratish;
Qdrant, Milvus, PGVector, Chroma kabi vektorli ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
MLflow, ClearML yoki DVC yordamida MLOps jarayonlarini tashkil etish;
SQL, PostgreSQL, ClickHouse va ETL jarayonlari bilan ishlash;
Power BI, Tableau yoki Streamlit yordamida dashboardlar yaratish;
Git (GitHub/GitLab), Confluence va Markdown asosida texnik hujjatlashtirish.
QO‘SHIMCHA USTUNLIKLAR:
GenAI va LLM yechimlarini production muhitga joriy etgan loyihalar tajribasi;
Linux, Docker, CI/CD va GPU infratuzilmasi bilan ishlash tajribasi;
Bank, FinTech yoki High-load tizimlarda ishlaganlik;
GitHub yoki GitLab platformalarida amaliy portfolio mavjudligi;
AI/ML bo‘yicha xalqaro professional sertifikatlar.
Rezyumelarni
hr@sqb.uz manziliga 9.07.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.

43
Другие новости