SQB Bank Xalqaro moliyaviy hisobotlar va konsalting departamenti direktor o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.
02.07.2026 11:48
Biz Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS/IFRS), moliyaviy tahlil va konsalting yo‘nalishida katta tajribaga ega, strategik fikrlaydigan hamda xalqaro investorlar, auditorlar va reyting agentliklari bilan ishlash tajribasiga ega mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Moliyaviy hisobotlarni MHXS (IFRS) talablariga muvofiq tayyorlash va konsolidatsiya qilish.
• Moliyaviy hisobotlar tarkibini xalqaro standartlarga muvofiq shakllantirish va takomillashtirish.
• Xalqaro investorlar, auditorlar, reyting agentliklari va moliyaviy institutlar talablariga javob beradigan moliyaviy hujjatlarni tayyorlash.
• Bankda MHXS talablariga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• MHXS bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish va tarkibiy bo‘linmalarga joriy etish.
• Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda tarkibiy bo‘linmalar va sho‘ba tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
• Moliyaviy ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va hisobotlarda aks ettirish.
• Mustaqil auditorlar, investorlar va reyting agentliklari bilan samarali hamkorlik qilish hamda muzokaralar olib borish.
• Bank rahbariyati, Kuzatuv kengashi, aksiyadorlar va boshqa manfaatdor tomonlarga MHXS hisobotlari bo‘yicha tushuntirishlar berish.
• Mijozlarga xalqaro moliya bozorlaridan resurslarni jalb qilish, kredit reytinglarini olish va xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.
• Mijozlarning biznes-rejalari, moliyaviy modellari va strategiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
• Mijozlarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, risklarni baholash va biznes samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (moliya, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot yoki audit yo‘nalishlari bo‘yicha).
• MHXS (IFRS), moliyaviy hisobot yoki audit yo‘nalishida kamida 5–7 yillik ish tajribasi.
• MHXS (IFRS) talablarini mukammal bilish va amaliyotda qo‘llash tajribasi.
• Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash tajribasi.
• Auditorlar, investorlar, xalqaro moliya institutlari va reyting agentliklari bilan ishlash tajribasi.
• Ingliz va rus tillarini erkin bilish.
Kasbiy ko‘nikmalar:
• MHXS (IFRS) bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va tahlil qilish.
• Moliyaviy ko‘rsatkichlarni monitoring qilish va tahlil qilish.
• Boshqaruv hisobotlarini tayyorlash.
• Daromad va xarajatlar tahlili.
• Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni shakllantirish.
• Excel va Power BI dasturlarida professional darajada ishlash.
• Moliyaviy modellashtirish va biznes-rejalar ishlab chiqish.
• Risklarni baholash va moliyaviy jarayonlarni optimallashtirish.
• Jamoani boshqarish, vazifalarni rejalashtirish va nazorat qilish.
Shaxsiy sifatlar:
• Strategik va analitik fikrlash.
• Tashabbuskorlik va yuqori mas’uliyat.
• Natijaga yo‘naltirilganlik.
• Liderlik va jamoani boshqarish ko‘nikmalari.
• Muloqot va muzokara olib borish mahorati.
• Professionallik va halollik.
Afzallik sifatida baholanadi:
• ACCA (F1-F9) sertifikatlari.
• Auditor malaka sertifikati.
• Xalqaro audit kompaniyalari yoki yirik moliyaviy institutlarda ish tajribasi.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 6.07ga qadar yuborishingiz mumkin.

83
Другие новости