Bo'sh ish o'rinlari

SQB Loyiha boshqaruvi departamentining Loyihalar portfelini boshqarish xizmati yetakchi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


29.07.2026 17:43

Agar siz loyiha boshqaruvi sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz, strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etishni va bankning transformatsion loyihalarini boshqarishga hissa qo‘shishni istasangiz - sizni jamoamizda kutamiz.

 Asosiy vazifalar: • Bank loyihalari portfelini tashabbusdan yakuniga qadar boshqarish jarayonlarida ishtirok etish. • Loyihalarni boshqarish metodologiyasi, standartlari va reglamentlariga rioya etilishini ta’minlash. • Loyihalarni rejalashtirish, monitoring qilish va tahliliy hisobotlarni tayyorlash. • Loyiha tashabbuslarini baholash, ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va KPI ko‘rsatkichlarini qo‘llashda ishtirok etish. • Loyihalarning strategik maqsadlarga muvofiqligini baholash hamda bo‘linmalar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish. • Loyiha hujjatlari va topshiriqlarining EHA tizimi orqali o‘z vaqtida ijrosini nazorat qilish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, menejment, loyiha boshqaruvi, huquq yoki turdosh yo‘nalishlar). • Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi. • PMO yoki loyiha boshqaruvi bo‘yicha tajriba ustunlik hisoblanadi. • Loyiha boshqaruvi metodologiyalarini bilish. • Analitik hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash ko‘nikmasi. • O‘zbek va rus tillarini erkin bilish, ingliz tili ustunlik beradi.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 31.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

30.07.2026 17:50:49
SQB Toshkent viloyati bank xizmatlari ofisiga kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...

29.07.2026 17:55:52
SQB Sirdaryo BXO Universal servis menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish hamda oper ...


Дата последнего обновления: 29.07.2026 17:44  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send