Bo'sh ish o'rinlari

SQB Marketing departamentining Mahsulot marketingi xizmati kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


27.07.2026 17:57

Bank mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli rivojlantirish, marketing strategiyalarini ishlab chiqish va yangi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• O‘rta va korporativ biznes segmentlari mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• Yangi mahsulotlar va marketing tashabbuslarini ishga tushirishda biznes bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish.
• Reklama kampaniyalari, marketing aksiyalari va kommunikatsiya tadbirlarini rejalashtirish hamda muvofiqlashtirish.
• Bozor, raqobatchilar, mijozlar ehtiyojlari va marketing faoliyati samaradorligini tahlil qilish.
• Marketing briflari, texnik topshiriqlar, reklama matnlari, konsepsiyalar va kommunikatsiya materiallarini tayyorlash.
• Reklama agentliklari, dizaynerlar, kopirayterlar va boshqa hamkorlar bilan ishlash.
• Bank mahsulotlarini CRM, SMS, Push, E-mail va boshqa kommunikatsiya kanallari orqali targ‘ib qilish.
• Taqdimotlar va marketing materiallarini tayyorlash.
• EHA tizimi orqali keladigan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya, marketing, menejment, biznes boshqaruvi yoki axborot texnologiyalari yo‘nalishida).
• Mahsulot marketingi, brend menejmenti, marketing kommunikatsiyalari yoki reklama kampaniyalarini boshqarish sohasida kamida 1 yillik tajriba.
• Zamonaviy marketing vositalari va mahsulotlarni ilgari surish usullarini bilish.
• Marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tamoyillarini tushunish.
• Bozor va iste’molchilar xulq-atvorini tahlil qilish ko‘nikmalari.
• Marketing materiallari, texnik topshiriqlar va taqdimotlar tayyorlash tajribasi.
• Microsoft Office (Excel, PowerPoint, Word) dasturlarini yaxshi bilish.
• Analitik fikrlash, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalari.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 29.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

27.07.2026 11:38:22
SQB Qatortol bank xizmatlari markaziga kichik biznes menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Kichik va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash, bank mahsulotlarini ilgari surish hamda kreditlash jarayonlarida ishtiro ...


Дата последнего обновления: 27.07.2026 17:58  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send