SQB O‘rta biznes markazining Mijozlar koordinatori va RM xizmati menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
24.07.2026 16:43
Agar siz o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash, uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish va zamonaviy bank mahsulotlarini taklif etish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz – sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• O‘rta biznes segmentidagi yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bazasini rivojlantirish.
• Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish.
• Mijozlarning ehtiyojlarini tahlil qilish hamda ularga individual bank yechimlarini taklif etish.
• Kredit, depozit, hisob-kitob-kassa va boshqa bank mahsulotlari bo‘yicha maslahat berish.
• Kredit olish uchun hujjatlarni qabul qilish va tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuborish.
• Loyihalarni moliyalashtirish va kredit shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash.
• Kredit arizalarini iABS axborot tizimida kuzatib borish.
• Kredit ta’minoti hujjatlarining to‘liq rasmiylashtirilishini nazorat qilish hamda sug‘urta polislarini uzaytirish zarurati haqida mijozlarni xabardor qilish.
• EHA tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar va murojaatlarni o‘z vaqtida ijro etish.
• Bank mahsulotlari va xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
• Mijozlarni Bankning yangi mahsulot va xizmatlari haqida xabardor qilish.
• Belgilangan KPI ko‘rsatkichlariga erishish va reja ko‘rsatkichlarini bajarish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya yoki bank ishi yo‘nalishida bo‘lishi maqsadga muvofiq).
• Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Yuridik shaxslar va o‘rta biznes mijozlari uchun bank mahsulotlarini bilish.
• Korxonalarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish va kredit layoqatini baholash ko‘nikmasi.
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlari hamda Bankning ichki hujjatlarini bilish.
• Mas’uliyatlilik, tahliliy fikrlash, mijozga yo‘naltirilganlik va muzokaralar olib borish ko‘nikmalari.
• Faol mijozlar bilan ishlash va reja ko‘rsatkichlarini bajarishga tayyorlik.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 27.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

46
Другие новости