SQB Qatartol bank xizmatlari ofisi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
09.09.2026 12:17
Mijozlar bilan ishlash, bank mahsulotlarini sotish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlar oqimini samarali boshqarishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mijozlar bazasini kengaytirish va Bank mahsulotlari bilan qamrab olish darajasini oshirish.
• Bank xizmatlari to‘g‘risida mijozlarga to‘liq va sifatli ma’lumot berish.
• Chakana biznes yo‘nalishida belgilangan reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish choralarini ko‘rish.
• BXO/BXM rahbariyatiga hisobot va tegishli masalalar bo‘yicha takliflar kiritish.
• Mikro va kichik biznes hamda chakana biznes yo‘nalishidagi Bank mahsulotlari bo‘yicha mijozlarga birlamchi maslahat berish.
• Mijozlar oqimini boshqarish, turli murojaatlar va boshqa tashkilotlardan kelgan qog‘oz ko‘rinishidagi xatlarni qabul qilish hamda tegishli bo‘linmalarga yo‘naltirish.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish zonalarida tartib va tozalikni saqlash, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish zonalarida mijozlarga tushuntirish berish.
• Ofis menejeri mikro va kichik biznes hamda chakana biznes mijozlarini Bank mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha xabardor qilish va dastlabki ma’lumotlarni taqdim etish.
• Jismoniy shaxslarni Bankning mobil ilovasiga ulash, bank kartalari va aholi omonatlarini sotish hamda omonatlarni jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.
Talablar:
• Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot.
• Ish tajribasi talab qilinmaydi.
• Rus tilini mukammal bilish, ingliz tilida bank mahsulotlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish.
• Sotuv va kross-sotuv ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot qila olish.
• Vaqtni boshqarish va ijro intizomiga rioya qilish.
• Mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish.
• Stressga chidamlilik va murakkab mijozlar bilan samarali muloqot qilish qobiliyati.
• O‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarini bilish afzallik beradi.
Rezyumelarni
hr@sqb.uz manziliga 11.09.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.

39
Другие новости