Bo'sh ish o'rinlari

SQB Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamentining HR-tahlil va rag’batlantirish xizmati kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


21.07.2026 11:35

HR-analitika, KPI tizimi va xodimlarni rag‘batlantirish yo‘nalishida o‘z faoliyatingizni boshlamoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Xodimlarning KPI ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun tarkibiy bo‘linmalardan ma'lumotlarni yig‘ish.
• Taqdim etilgan ma'lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirish.
• KPI hisob-kitoblari uchun ma'lumotlarni reyestr va hisob-kitob shakllariga kiritish.
• Tasdiqlangan formulalar va baholash mezonlari asosida KPI hisob-kitoblarini amalga oshirish.
• KPI natijalarining tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligini tekshirish.
• Taqdim etilgan ma'lumotlardagi xatolar va tafovutlarni aniqlash.
• Aniqlangan xatolarni bartaraf etish uchun mas'ul xodimlarga ma'lumot yuborish.
• KPI natijalari asosida mukofotlarni hisoblash uchun ma'lumotlarni tayyorlash.
• KPI bo‘yicha oylik va choraklik hisobotlarni shakllantirish.
• KPI hisob-kitoblari va hisobi bilan bog‘liq boshqa vazifalarni bajarish.

 Talablar:
• Oliy yoki tugallanmagan oliy ma'lumot.
• Excel dasturini yaxshi bilish (asosiy formulalar, Pivot Table, Lookup).
• Jadvallar va katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasi.
• KPI hisoblash tamoyillari bo‘yicha boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘lish.
• MS Office dasturlarini yaxshi bilish.
• Raqamlar va hujjatlar bilan ishlashda e'tiborlilik.
• Mas'uliyatlilik, aniqlik va belgilangan muddatlarga rioya qilish.
• Analitik fikrlash.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости


Дата последнего обновления: 21.07.2026 11:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send