SQB Xonobod bank xizmatlari markazi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Universal kassir lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.
07.09.2026 17:58
Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish va bankning kassa intizomi talablariga rioya etilishini ta’minlay oladigan mas’uliyatli hamda e’tiborli mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mijozlar va inkassatorlardan naqd pul hamda qimmatliklarni qabul qilish, sanash, saralash va o‘rab bog‘lash.
• Naqd puldagi kirim-chiqim operatsiyalarini amalga oshirish va tegishli buxgalteriya o‘tkazmalarini bajarish.
• Jismoniy va yuridik shaxslarga kassa xizmatlari, kommunal va boshqa to‘lovlar hamda valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish.
• Bank kartalari bo‘yicha naqd pul kirim va chiqim operatsiyalarini amalga oshirish.
• Mijozlarni amaldagi qonunchilik va komplayens talablari asosida identifikatsiya qilish.
• Infokiosk, bankomat va avtomatlashtirilgan depozit qurilmalariga xizmat ko‘rsatish.
• Operatsion kun yakunida kassa qoldiqlarini hujjatlar bilan solishtirish va topshirish.
• AML/CFT talablari hamda bankning ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilish.
• Zarurat tug‘ilganda kassa mudiri vazifalarini vaqtinchalik bajarish.
• Kassa hujjatlarini rasmiylashtirish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish.
Talablar:
• Tugallanmagan oliy yoki oliy ma’lumot.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
• Ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
• Mas’uliyatli yondashuv hamda yuqori darajadagi e’tiborlilik.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

61
Другие новости