SQB Xorazm bank xizmatlari ofisi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Yuridik mijozlar menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
09.09.2026 12:15
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ishlash, yangi mijozlarni jalb qilish, bank mahsulotlari savdosini rivojlantirish va mijozlarga samarali bank yechimlarini taklif qilishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, hisobvaraqlarni ochish, yuritish va yopish jarayonlarini tashkil etish.
• Individual reja ko‘rsatkichlari va KPI bajarilishini ta’minlash.
• Yangi mijozlarni faol jalb qilish, mijozlar bazasini kengaytirish va savdo voronkasini rivojlantirish.
• Mijozlarga kreditlash, hisob-kitob-kassa xizmatlari, ekvayring, ish haqi loyihalari, depozitlar va masofaviy bank xizmatlarini taklif qilish.
• Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash, mos bank yechimlarini taklif qilish va kross-sotuvlarni amalga oshirish.
• KYC, AML/CFT va komplayens talablari asosida mijozlarni identifikatsiya qilish va hujjatlarni rasmiylashtirish.
• To‘lov, valyuta, kassa, SWIFT va tashqi iqtisodiy operatsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshirish va kuzatib borish.
• Mijozlarni masofaviy bank xizmatlari, POS-terminallar, korporativ kartalar va boshqa raqamli xizmatlarga ulash.
• Mijozlarning yuridik dosyesi, shartnomalari, arizalari va boshqa hujjatlarini belgilangan talablar asosida yuritish.
• CRM va boshqa axborot tizimlariga mijozlar va savdo jarayonlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish.
• Mijozlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish, bank mahsulotlarini taqdim etish va maslahat berish.
• Faoliyat natijalari, KPI, jalb qilingan mijozlar, ochilgan hisobvaraqlar va savdo voronkasi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.
Talablar:
• Oliy, o‘rta maxsus yoki professional ma’lumot.
• Bank sohasi, B2B faol savdolar yoki yuridik shaxslarni kreditlash yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi.
Rezyumelarni
hr@sqb.uz manziliga 11.09.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.

47
Другие новости