Oʻzsanoatqurilishbank Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida biznes uchun eng yaxshi internet-banking xizmatlarini joriy qilgan moliya muassasalari qatoridan oʻrin oldi.
“SME Banking” agentligi tomonidan Sharqiy Yevropa, Kavkaz hamda Markaziy Osiyoda kichik va oʻrta biznes uchun masofaviy xizmatlar samaradorligiga baho beruvchi “Business Online Banking 2023” xalqaro tadqiqot natijalari eʼlon qilindi.
Tadqiqot davomida Ekspertlar kengashi mintaqadagi 50 ta bank faoliyatini 120 ta mezon boʻyicha tahlil qilgan, shuningdek, internet-banking xizmatlarini joriy etish jarayonlari va ilgʻor tajribalarni ham oʻrgangan.
Zamonaviy xorijiy tajriba asosida transformatsiya jarayonlarini amalga oshirayotgan Oʻzsanoatqurilishbank tizimning har bir yoʻnalishi qatorida biznes vakillari uchun ham yangi qulay xizmatlarni joriy qilib kelmoqda.
Ulardan biri yuridik shaxslarga moʻljallangan “SQB Business” internet banking xizmatidir. Dastur mijozlarga Bankning barcha tarmoqlaridagi mavjud hisobraqamlar boʻyicha amaliyotlarni bir platformada 24/7 rejimida bajarish va boshqarish imkonini bermoqda.
Har qanday toʻlovlarni oʻtkazish, korporativ kartalarini toʻldirish, hisob varaqlardan koʻchirmalar olish va hisobotlar tayyorlash, konversiya amaliyotlarini amalga oshirish shular jumlasidandir. Shuningdek, dastur orqali boshqa bir nechta korxonalarni ham boshqarish mumkin.
Maʼlumot uchun. “SME Banking” – bu axborot olish, tahlil qilish va tajriba almashish maqsadida tijorat banklarini birlashtiradigan xalqaro platformadir. U mikro, kichik va oʻrta biznesga xizmat koʻrsatishning mahalliy, mintaqaviy va global bozorlari qanday rivojlanayotganini oʻrganadi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...