Yangiliklar

Innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonaga press-tur tashkil etildi


24.10.2024 17:02

Oʻzsanoatqurilishbank va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Andijon viloyati hokimligi hamkorligida ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari hamda blogerlar uchun hududdagi “Everest bazalt” korxonasiga press-tur uyushtirildi.

Qurilish materiallari sanoatida bazalt eng mustahkam va ekologik sof xom ashyolardan biri sanaladi. E’tiborlisi, so‘nggi yillarda O‘zbekiston bazalti tarkibida yuqori qiymatli elementlar mavjudligi bilan nafaqat xorijlik xaridorlar, balki salohiyatli investorlar diqqatini tortmoqda. Shu bois mamlakatimizda yangi bazalt konlarini o‘zlashtirish sa’y-harakatlari tobora kuchaytirilmoqda.

Andijon tumanidagi “Everest bazalt” mas’uliyati cheklangan jamiyati joriy yilda tashkil etilgan yangi korxonalardan hisoblanadi. U yerda bazalt toshi asosidagi yangi avlod issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarilmoqda.

Press-turda ta’kidlanganidek, mahsulot energiya tejamkorlik xususiyatlariga ega bo‘lgani uchun undan barcha qurilish loyihalarida keng qo‘llaniladi. Tahlillarga ko‘ra, mamlakatimizda bunday mahsulotdan tayyorlangan plitalarga yillik talab 80 ming tonnani tashkil etadi.

“Everest bazalt” MCHJ loyihasining umumiy qiymati 10 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi. Zavodga Xitoy davlatidan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi. 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Mahsulotlarni sinovdan o‘tkazuvchi zamonaviy laboratoriya barpo etildi.

Korxonaning yillik quvvati 25 ming tonna izolyatsion plitalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Mahsulotlarning bir qismini Rossiya hamda qo‘shni davlatlarga eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Press-tur davomida OAV vakillari bazalt xom ashyosi, zamonaviy texnologiyalar, kelgusidagi rejalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Bazalt toshi asosidagi issiqlik izolyatsiya materiallarini zamonaviy shaharsozlikda qo‘llash jarayonlari bilan tanishdi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

08.06.2026 14:19:12
SQB: tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi navbatdagi uchrashuv

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Andijon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. M ...

04.06.2026 10:21:05
Nukusda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlanga ...

04.06.2026 10:11:57
Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag’ishlangan ochiq muloqot bo’lib o’tdi

Toshkentda O’zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan qurilish materiallari sanoati vakillari ishtirokida keng ko’lamli ochi ...


Дата последнего обновления: 25.10.2024 17:36  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send