Asl Samarqand nonini tandirga yopayotgan novvoy, Jomboy qurutini tayyorlayotgan tadbirkor yoki gips ustida nozik naqshlar solayotgan ayolning qo‘l mehnati – bu shunchaki hunar emas. Bu — oilalarga daromad, mahallaga baraka, ertangi kunga ishonch manbaidir.
SQBning mahalla bankirlari ana shunday tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Har bir g‘oya ortida insonning orzusi, oilaning kelajagi va yangi ish o‘rinlari turibdi. Bankirlar esa zarur resurslarni topishda, biznesni bosqichma-bosqich rivojlantirishda ko‘makchi bo‘lmoqda.
Bugun novvoyxonadagi issiq non, qurt ishlab chiqarayotgan korxona yoki qo‘li gul ustalarning ijodiy mehnati kichik biznes timsoli bo‘lsa, ertaga ular katta iqtisodiy o‘zgarishlarga zamin yaratadi.
SQB – o‘z mehnati bilan kelajagini bunyod etayotganlarning ishonchli hamkori.
Mahallalarda obodlik, ozodalik va yashash madaniyatini yuksaltirish bugungi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalish ...
Joriy yilning 22-iyul kuni “O‘zbekiston24” telekanalida “ ...
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy ...

