Oʻzbekistonning “Echomarble” kompaniyasi AQSH bilan 10 million dollarlik eksport shartnomasini imzoladi
08.04.2025 10:30
Joriy yilning 1-3-aprel kunlari AQShning Sharlotta shahrida boʻlib oʻtgan “BUILD-2025 AWCI’S CHONVENTION+EXPO” xalqaro koʻrgazmasi Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoati uchun muhim voqelik boʻldi. Unda“Echomarble” MCHJ AQShga pardozbop tosh mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha kelishuv tuzishga erishdi.
Ushbu koʻrgazma devorbop va shift materiallariishlab chiqaruvchilarning Amerika uyushmasi (AWCI) tomonidan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladi.
Buyilgi tadbirda 50 dan ziyod davlat va AQShning barcha shtatlaridan 2400 dan ziyod qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi kompaniyalar ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB vakillaridan iborat delegatsiya ham faol qatnashdi.
Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi yetakchi xalqaro kompaniyalar – “American Gypsum”, “Glasteel”, “Achousti”, “Decho”, “Lbi Boyd”, “Therma Guard”, “Kojo” va boshqalar bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazdi. Ularda logistika, savdo omborlari tashkil etish, mahsulotlarni yetkazib berish hamda vaqtincha saqlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbirning eng muhim natijalaridan biri sifatida Navoiy viloyati Karmana tumanida faoliyat yurituvchi “Echomarble” MCHJning AQShga pardozbop tosh mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha 10 million dollarlik shartnoma imzolagani qayd etildi.
Ushbu kelishuv Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish mahsulotlariga boʻlgan xalqaro talabni yana bir bor namoyon etdi.
Shuningdek, 5-aprel kuni AQShning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida 850 kvadrat metr maydonda zamonaviy savdo ombori va doimiy shourum faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Uning joylashuvi, xususan avtomobil va temir yoʻllar, shuningdek, portlarga yaqinligi tadbirkorlar uchun qoʻshimcha logistik afzalliklar yaratdi.
Shourumda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 60 dan ortiq turdagi qurilish materiallari namoyish etilmoqda. Uning ochilish marosimida AQShda faoliyat yuritayotgan developerlar, logistika kompaniyalari va yetkazib beruvchi tashkilotlar ishtirok etdi.
Bu kabi tashabbuslar Oʻzbekiston mahsulotlarini хalqaro bozorlarga olib chiqarish, milliy ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu jarayonda mutasaddi tashkilotlar tadbirkorlarga doimiy amaliy yordam koʻrsatishga tayyorligini maʼlum qiladi.
Bank axborot xizmati

1252
Другие новости