Yangiliklar

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBga murojaat yuborish tartibi


12.08.2026 16:06

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

O‘zsanoatqurilishbankka ariza, taklif va shikoyatlaringizni og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda taqdim etishingiz mumkin.

Agar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgan holatlarga duch kelsangiz yoki murojaatlaringizni ko‘rib chiqish jarayoni yuzasidan bankka axborot taqdim etmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi rasmiy aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaatda quyidagilarni ko‘rsatishni unutmang:
• F.I.Sh.
• yashash manzili yoki tashkilotning joylashgan manzili
• aloqa uchun telefon raqami
• murojaat mazmuni
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat

Aloqa markazi:
Jismoniy shaxslar uchun: 1180, +998 (71) 200-43-43
Yuridik shaxslar uchun: 1338
Ishonch telefoni: +998 (78) 777-11-80
Rasmiy veb-sayt: sqb.uz
Telegram-bot: @SQB_Raisgamurojaat_bot
Elektron pochta:
info@sqb.uz
Raisgamurojaat@sqb.uz

Bankka “SQB Mobile” ilovasining “Qo‘llab-quvvatlash xizmati” bo‘limi orqali ham murojaat yuborish mumkin.

Shuningdek, rasmiy veb-sayt orqali Bank Boshqaruvi Raisiga bevosita elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

Barcha murojaatlar amaldagi qonunchilik talablari asosida belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.



Другие новости

08.09.2026 12:24:37
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

04.09.2026 19:07:02
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

03.09.2026 15:24:31
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Дата последнего обновления: 12.08.2026 16:38  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send