Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank MasterCard kredit kartalarini muomalaga chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda


25.06.2020 16:58

Oʻzsanoatqurilishbank MasterCard kredit kartalarini muomalaga chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank MasterCard kredit kartalarini muomalaga chiqarish boʻyicha loyihani amalga oshirmoqda. Mazkur kartalar shaxsiy va qarz mablagʻlari hisobini alohida yuritish, kartani masofaviy kanallar orqali faollashtirish va PIN-kodni oʻzgartirish imkoniga ega. Bankning barcha kartalarida kontaktsiz interfeys, internet tarmogʻida xavfsiz toʻlovlar tizimiga ulanish kabi imkoniyatlar mavjud. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi 2020-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisidagi Farmoniga muvofiq, bank sohasini rivojlantirishning ustuvorliklari belgilangan, unda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bank tizimi yuksalishining drayveri sifatida koʻrsatilgan.


Taʼkidlash joizki, bank mijozlari ehtiyojlarining jadal oʻsishi tufayli amaldagi protsessing markazi salohiyatini oshirishni taqazo qilmoqda. Shundan kelib chiqib Oʻzsanoatqurilishbank 2019 yilda Way4 platformasi negizida protsessing markazini modernizatsiyalash boʻyicha loyihani amalga oshirishni boshlagan. Loyihaning maqsadi maʼlumotga elektron ishlov berish tizimi, barcha mashhur xalqaro toʻlov tizimlari kartalariga xizmat koʻrsatish, shuningdek, tranzaksiyalarga ishlov berish, ularni bank buxgalteriya hisobida aks etishini nazarda tutuvchi zamonaviy kartaga doir protsessingni yaratishdan iborat.


Bank plastik kartalari kundalik hayotimizda oddiy va shu bilan birga zarur vositaga aylangan. Uning yordamida biz ish haqimizni olamiz, magazin va internetda xaridlarni amalga oshiramiz, doʻstlarimizga qarz beramiz, valyuta sotib olamiz va pullarimizni saqlaymiz. Bularning barchasining yuragi bu protsessing markazi boʻlib, u bir tomondan karta, ikkinchi tomondan – toʻlov tizimi hamda uchinchi tomondan – terminal va bankomatlar bilan oʻzaro uzviy aloqada boʻladi, – dedi Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruvi raisining oʻrinbosari Ulugʻbek Tavakkalov. 


Loyiha doirasida nafaqat MasterCard, balki Union Pay, Visa va HUMO toʻlov tizimlari bilan ham sertifikatlash nazarda tutilgan.


Bank Mastercard xalqaro toʻlov tizimidan IETED testi boʻyicha sinovdan muvaffaqiyatli oʻtganligi haqida yakuniy xabarnomani oldi. Bu Bank tomonidan chiqarilgan kontaktsiz interfeys bilan chipli kartalar barcha zarur sertifikatlashdan oʻtganini hamda Bank jahondagi toʻlov sanoati yetakchilaridan birining barcha joriy talablariga muvofiqligini anglatadi. 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...


Дата последнего обновления: 29.07.2020 10:30  
up