Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) ayrim rahbar xodimlarining ish jarayonida xodimlar bilan muomalasiga oid xabarlar va audio yozuvlar tarqaldi.
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan SQB tizimida maxsus komissiya tuzilib, xizmat tekshiruvi boshlandi.
Komissiya tomonidan tarqalgan audio yozuvlarning haqqoniyligi, ular kim tomonidan, qay sharoitda va qay tarzda yozib olingani, yozuvlarga tahrir kiritilmagani, montaj qilinmagani yoki zamonaviy sunʼiy intellekt texnologiyalari orqali yaratilmagani kabi holatlar komissiya tomonidan atroflicha va xolisona oʻrganilmoqda.
Oʻrganish jarayonida vaziyatga amaldagi qonunchilik hamda bankning ichki me’yoriy hujjatlari asosida huquqiy baho beriladi. Agar tekshiruv yakunlari boʻyicha qonunbuzilish holatlari yoki xizmat odobi va korporativ etika talablarining buzilishi tasdiqlansa, komissiya xulosasiga asosan belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
Qayd etish joiz, SQB tizimida mehnat intizomi, muomala madaniyati, oʻzaro hurmat va korporativ etika qoidalariga rioya etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bank jamoada sogʻlom ish muhitini taʼminlash, xodimlarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratadi.
Mazkur holat bank rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olingan.
Agar ushbu masala boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarga ega boʻlgan shaxslar boʻlsa, ularni bankning ichki nazorat boʻlinmalariga belgilangan tartibda taqdim etishlari mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ishonch liniyasi: 0 800 120 88 88
Telegram bot: @sqbantikor_bot
Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash va zamonaviy mutaxassislar tayyorla ...
Bugungi kunda sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari nafaqat texnologik trend, balki iqtis ...
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallardan birida "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB faoliyati va bank rahbariyati tomonidan qab ...

