“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va O‘zsanoatqurilishbank hamkorligida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun qurilish materiallari sohasining 2024-yil yakunlari tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalar faoliyati e’tirof etilib, tashabbuskor tadbirkorlar taqdirlandi.
Ta’kidlanishicha, 2024-yil yakunida soha korxonalari tomonidan 40 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi va o‘sish 112 foizga yetkazilishi kutilyapti. Sohaning mamlakat sanoatidagi ulushi 5,1 foizni tashkil etmoqda. Jumladan, o‘tgan davr mobaynida 44 million kvadrat metr qurilish oynasi, 90 million kvadrat metr gipsokarton, 17,8 million tonna sement, 47 million kvadrat metr keramik plitka, 3,36 million o‘ram gulqog‘oz kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.
Soha bo‘yicha yuqori iqtisodiy o‘sish asosan "Azia metal prof" MCHJ, “RWS optimum” MCHJ, “Karakalpak sement” MCHJ, “Prime ceramics” MCHJ, “Namangan sement” MCHJ kabi yirik sanoat korxonalarida mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi hisobiga ta’minlangan. Shuningdek, Samarqand viloyatida “China energy international group Samarkand cement” MCHJ, Andijon viloyatida “Shangfeng-bridge of friendship" MCHJ kabi korxonalarda yangi quvvatlar ishga tushirilgan.
Sohada 2,2 milliard dollarlik investitsiyalar, shundan 1,4 milliard dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan. Xususan, Xorazm, Toshkent, Andijon, Samarqand viloyatlarida yirik investitsiya loyihalari tatbiq etilmoqda.
Tadbirda ushbu sohada joriy yil yakuni bilan 815 million dollarlik eksport amalga oshirilishi qayd etildi. E’tiborlisi, eksport qilingan qurilish materiallari turlarini 55 dan 65 taga oshirishga erishildi. Eksport geografiyasi 51 davlatdan 58 taga yetkazildi.
Ta’kidlash kerakki, yil yakuniga ko‘ra korxonalar tomonidan mahalliylashtirish dasturi doirasida 2 trillion 150 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan reja 107 foizga bajarildi.
Matbuot anjumani doirasida “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Unda uyushmaning rasmiy telegram va feysbuk sahifasida e’lon qilingan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari ma’lum qilindi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, tadbirda "Yil brendi", "Yilning eng yaxshi eksportchi korxonasi", "Eng yaxshi sement ishlab chiqaruvchi", "Xaridorlar ishonchini qozongan korxona" nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. Ular orasida sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Toshkent Sonch Cement” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi ham bor.
– Korxonamiz Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan, – deydi korxonaning savdo bo‘limi rahbari Yang Yuan Jin. – Yiliga 2,5 million tonna mahsulot ishlab chiqaramiz. Ishchilarimiz soni 400 nafarga teng. Ishlab chiqarish jarayonida ilg‘or texnologiya va uskunalardan foydalaniladi. Shu bois biz ishlab chiqarayotgan sement O‘zbekistonda shu turdagi eng sifatli mahsulot deb topildi.
Bank Axborot xizmati
Prezidentimizning joriy yil 24-fevralda yoshlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini t ...
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida “Hamroh ayol” dasturi doirasida kredit ajratilishi bilan bogʻliq holat y ...
Navro‘z – milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz yana bir bor namoyon bo‘ladigan, milliy o‘zligimiz va ...

