Bugungi raqamli muhitda bank xizmatlaridan foydalanishda xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi ustuvor ahamiyatga ega. Shu bois, SQB - mijozlarga OneID tizimi orqali shaxsiy ma’lumotlarga kirishni boshqarish imkoniyatidan foydalanishni tavsiya etadi.
OneID orqali siz o‘z ma’lumotlaringizni banklar, moliya, sug‘urta, telekommunikatsiya va boshqa tashkilotlarga taqdim etishingiz yoki aksincha, cheklashingiz mumkin.
Qanday qilib faollashtirish mumkin?
– Kompyuter orqali id.egov.uz saytiga kiring;
– Agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, ro‘yxatdan o‘ting;
– ERI (elektron raqamli imzo) yoki Mobile-ID orqali tizimga kiring;
– “Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limiga o‘ting;
– Kerakli tashkilotlar qarshisidagi qulf belgisini oching yoki yoping.
Qulay yo‘l:
OneID tizimiga QR-kod orqali kirsangiz, ushbu bo‘lim avtomatik tarzda faollashadi.
Buning uchun:
– OneID mobil ilovasini Google Play yoki App Store’dan yuklab oling;
– Mobile-ID yoki MyID orqali avtorizatsiyadan o‘ting;
– Ilovada skanerlash tugmasini bosib, kompyuter ekranidagi QR-kodni skanerlang.
Eslatma:
Ma’lumotlarga kirishni cheklash – firibgarlik va kiberhujumlardan himoyalanishning samarali usulidir.
SQB bilan xavfsiz moliyaviy kelajak sari!
Prezidentimizning joriy yil 24-fevralda yoshlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini t ...
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida “Hamroh ayol” dasturi doirasida kredit ajratilishi bilan bogʻliq holat y ...
Navro‘z – milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz yana bir bor namoyon bo‘ladigan, milliy o‘zligimiz va ...

