Следите за новостями и предложениями регулярно!

Yangiliklar

Ustozlarga ehtirom va qarzdorlik hissi bilan


30.09.2019 16:48

Ustozlarga ehtirom va qarzdorlik hissi bilan

O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bank tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar hamda yosh mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirda Bank Boshqaruvi Raisi Aziz Voitov yurtimizda O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nafaqat ta’lim muassasalari, balki turli idora va tashkilotlarda ham keng nishonlanib kelinayotgani haqida to‘xtalar ekan, har birimiz bizga saboq bergan, hayot so‘qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqishimiz lozimligini ta’kidladi.

a3275b05-9a83-4f61-bab9-4f2b38fe5005 (1).jpg

– Kishi qay bir sohada mehnat qilmasin, albatta ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezadi, – deydi A.Voitov. – Bank sohasida ham ustozlar sabog‘ini olishning ahamiyati katta. Quvonarlisi shuki, bugungi kunda jamoamizda yoshlarga har jihatdan o‘rnak bo‘luvchi ustoz darajasidagi xodimlarimiz talaygina. Fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Bankimiz sha’nini yuksaltirish, barqarorligini oshirish hamda yosh xodimlarimiz dunyoqarashini har tomonlama shakllantirishda aslo xormang, tolmang.

Ikki avlod vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ushbu bayramoldi uchrashuvda yosh xodimlar ham so‘zga chiqib, ustozlari sha’niga iliq fikrlar bildirdi.

 – Ustoz deganda har birimizning qalbimizda cheksiz hurmat va minnatdorlik tuyg‘ulari bilan birga hech bir boylik bilan uzib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi ham paydo bo‘ladi, – deydi Kichik biznesni kreditlash departamenti yetakchi mutaxassisi Davron To‘xtayev. – Shogirdlar amali bilan umri boqiylikka tenglashtirilgan sizdek muhtaram zotlarga o‘z ehtiromimizni bildirib, berayotgan o‘git va amallaringizga munosib tarzda doim yuzingizni yorug‘ qilishga va’da beramiz.

3b0e18b1-a0bd-4a81-9457-aa4e5bf57314.jpg

Tadbir so‘ngida ustoz xodimlarga Bank Boshqaruvining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi, esdalik uchun fotosessiya tashkil etildi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

17.06.2026 17:36:15
Qashqadaryoda tadbirkorlarning murojaatlari o‘rganildi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zsanoatqu ...

17.06.2026 10:00:24
Korporativ IT platformalari litsenziyalari xaridi bo‘yicha ma’lumot

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ITCO” MChJ bilan tuzilgan mazkur shartnoma amaldagi qonunchilik talablariga muvo ...

12.06.2026 20:30:44
Xalqaro kapital – milliy taraqqiyot omili: SQB tajribasi va natijalari

Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida “Xalqaro kapitalni jalb qilish va milliy iqtisodiyot ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send