SQB Surxondaryo bank xizmatlari ofisiga nazoratchi kassiri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
11.06.2026 18:13
Ochiq vakansiyalar soni: 1 ta shtat birligi
Kassa amaliyotlarini nazorat qilish va bank xizmatlarida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
Naqd pul va qimmatliklarni qayta sanash
Mijozlar va infokiosklardan inkassatsiya qoplarini qabul qilish
Jismoniy va yuridik shaxslarga naqd pul bilan bog'liq amaliyotlarni bajarish
Kirim va chiqim amallari bo'yicha buxgalteriya o'tkazmalarini tasdiqlash
Infokiosk, bankomat bilan bog'liq operatsiyalarni amalga oshirish
Valyuta ayirboshlash amaliyotlari
Bank kartalari bilan bog'liq kirim va chiqim amaliyotlarini bajarish
Talablar:
Oliy yoki o'rta maxsus iqtisodiy ma'lumot
Ish tajribasi talab etilmaydi
Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
O'zbek va rus tillarini bilish
Ish joyi: Surxondaryo bank xizmatlari ofisi
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

20
Другие новости