Bo'sh ish o'rinlari

SQB Marketing departamentining marketing tadqiqotlari, bozor tahlili va analitika xizmatiga menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


02.06.2026 14:39

Marketing tadqiqotlari, bozor tahlili va mijoz xatti-harakatlarini o'rganish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Marketing tadqiqotlarini o'tkazish va bozor tahlilini amalga oshirish
• Raqobat muhitini, mijozlar ehtiyojlari va bozor tendensiyalarini o'rganish
• Mijozlarning murojaatlari, shikoyatlari va takliflarini tahlil qilish
• NPS va CSI ko'rsatkichlarini monitoring qilish
• Tahliliy hisobotlar va xulosalar tayyorlash
• Mahsulotlar, xizmatlar va reklama kampaniyalarini rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish
• Tahliliy ma'lumotlarni yuritish va tizimlashtirish
• Ichki bo'linmalar va tashqi hamkorlar bilan o'zaro hamkorlik qilish

Talablar:
• Oliy ma'lumot (iqtisodiyot, moliya, marketing, menejment, IT, statistika, biznes-analitika, jurnalistika)
• Marketing, bozor tahlili, mahsulot analitikasi yoki raqamli marketing sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi
• Rivojlangan analitik fikrlash va ma'lumotlarni tahlil qilish ko'nikmasi
• Hisobotlar tayyorlash va katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash ko'nikmasi
• Savodli yozma va og'zaki kommunikatsiya
• Ofis dasturlarini erkin bilish
• Marketing, ma'lumotlar analitikasi yoki bozor tadqiqotlari sohasidagi sertifikatlar — afzallik

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости


Дата последнего обновления: 23.06.2026 11:58  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send