SQB Sustainable Finance departamentining xalqaro hamkorlik xizmatiga kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
16.06.2026 10:43
ESG, barqaror rivojlanish va yashil moliya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo'nalishida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Bankning barqaror rivojlanish, ESG va yashil moliya sohasidagi xalqaro hamkorligini rivojlantirishda ishtirok etish
• Xalqaro moliya tashkilotlarining kredit liniyalari, grantlari va barqaror rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish
• Xalqaro va mahalliy ekspertlar, hamkorlar va moliya institutlari bilan uchrashuvlar, muzokaralar va tadbirlarni tashkil etish
• Bankning ESG va barqaror rivojlanish bo'yicha xalqaro forum, konferensiya va sammitlarda ishtirokini muvofiqlashtirilish
• ESG/SDG yo'nalishlari bo'yicha taqdimot materiallari, tahliliy ma'lumotnomalar va hisobotlar tayyorlash
• Bank mahsulotlari va loyihalarini PR-tadbirlar, raqamli kanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ'ib qilish
• Korporativ veb-saytning ESG/SDG bo'limlarini qo'llab-quvvatlash va yangilab borish
• Departament faoliyati doirasida ishchi xat-xabarlar, hisobotlar va boshqa materiallarni tayyorlash
Talablar:
• Oliy ma'lumot (moliya, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, bank ishi yoki turdosh yo'nalish)
• Bank, xalqaro hamkorlik, ESG yoki barqaror rivojlanish sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi
• ESG tamoyillari, barqaror rivojlanish va yashil moliya asoslarini bilish
• Taqdimotlar, hisobotlar va tahliliy materiallar tayyorlash ko'nikmasi
• MS Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlarini erkin bilish
• O'zbek va rus tillarini erkin bilish, ingliz tili — kamida Intermediate darajasida (majburiy)
• Mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik, kommunikativlik, stressga chidamlilik
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

104
Другие новости