Bo'sh ish o'rinlari

SQB Xonobod bank xizmatlari markaziga universal servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


04.06.2026 17:53

Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko’rsatish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Jismoniy va yuridik shaxslarga hisobvaraqlar ochish, yopish va operatsiyalarni amalga oshirish
• Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish, SWIFT o’tkazmalarini iABS dasturiga kiritish
• Depozitlar bo’yicha operatsiyalar hisobini yuritish va buxgalteriya o’tkazmalarini amalga oshirish
• Mijozlarni identifikatsiya qilish va hujjatlarni dastlabki nazoratdan o’tkazish
• Eksport-import shartnomalari bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish va TSOYaEAT tizimiga kiritish
• Bank kartalari, savdo terminallari va masofaviy xizmatlar bo’yicha arizalarni rasmiylashtirish
• Ish haqi loyihasi bo’yicha to’lov reestrlarini qabul qilish va karta hisobvaraqlariga o’tkazish
• Ko’rsatilgan xizmatlar uchun komissiyalarni hisoblash

Talablar:
• Oliy ma’lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik, kommunikativlik
• O’zbek va rus tillarini bilish
• B toifali haydovchilik guvohnomasi mavjudligi

Ish joyi: Andijon viloyati, Xonobod bank xizmatlari markazi

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости


Дата последнего обновления: 04.06.2026 17:53  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send