16 yoshgacha bo‘lgan bolaga bank kartasini qanday rasmiylashtirish mumkin

Ko‘pchilik ota-onalarda savol tug‘iladi: agar bolaning pasporti bo‘lmasa, unga bank kartasini rasmiylashtirish mumkinmi?
Javob — ha, mumkin, belgilangan shartlarga rioya qilingan holda.

Kartadan kimlar foydalanishi mumkin

16 yoshga to‘lgunga qadar (pasport olgunga qadar) bolaning bank kartasi ota-onasidan biri yoki qonuniy vakili ishtirokida rasmiylashtiriladi.

Bu qanday ishlaydi

Rasmiylashtirish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:

  • ota-ona (qonuniy vakil) bank kartasini o‘z nomiga rasmiylashtiradi
    (agar amaldagi bank kartasi mavjud bo‘lmasa);

  • ota-onaning arizasi asosida bolaga uning nomiga qo‘shimcha bank kartasi rasmiylashtiriladi.

Bunday karta bolaga ota-ona nazorati ostida mablag‘lardan foydalanish imkonini beradi hamda uni bosqichma-bosqich moliyaviy mas’uliyatga o‘rgatishga yordam beradi.

Qanday hujjatlar talab etiladi

Bank kartasini rasmiylashtirish uchun ota-ona (qonuniy vakil) shaxsan bankka murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

  • JSHSHIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami);

  • bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (metrika).

Batafsil ma’lumot

Batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
+998 71 200 43 43 va 1180, shuningdek, bankning eng yaqin ofislarida.


Дата последнего обновления: 23.01.2026 10:42  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send