SQB Business orqali depozitni qanday ochish mumkin?

Endi depozit ochish yanada osonroq! Siz uni istalgan vaqtda — telefon yoki kompyuter orqali ochishingiz mumkin. Bu tez, qulay va xavfsiz.


 SQB Business mobil ilovasi orqali:

1. Ilovani oching va “Mahsulotlar” bo‘limiga o‘ting

2. “Depozitlar” tugmasini bosing

3. Kerakli depozit turini tanlang

4. “Depozit ochish” tugmasini bosing

5. Hisob raqami, summa va muddat kabi ma’lumotlarni to‘ldiring

6. Ommaviy oferta shartlariga rozilik bildirgan holda so‘rov yuboring


 So‘rov yuborilgach: “Depozit ochish uchun so‘rov yaratilgan” degan yozuv chiqadi.

Bank xodimi so‘rovni ko‘rib chiqadi va depozitingiz ochiladi.

image_2025-06-30_10-09-15.png

Kompyuter (web) versiyasi orqali:

1. Kompyuteringizdan SQB Business saytiga kiring va “Depozitlar” bo‘limini tanlang

2. Kerakli depozitni tanlab “Rasmiylashtirish” tugmasini bosing

3. Hisob raqami, miqdor, muddat kabi ma’lumotlarni kiriting

4. Ommaviy oferta bilan tanishib chiqing va “Ochish” tugmasini bosing


 Shundan so‘ng depozitingiz “Mening depozitlarim” bo‘limida aks etadi.

image_2025-06-30_10-09-58 (1).png

 Qo‘shimcha imkoniyatlar:

  • Depozitni to‘ldirish

  • Qisman yechib olish

  • Muddatidan oldin yopish

image_2025-06-30_10-09-58.png

Savollaringiz bo‘lsa, biz bilan bog‘laning: +99871 200 43 43 yoki 1180


Дата последнего обновления: 02.07.2025 10:25  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo