28 mlrd so‘m ekvivalentigacha
Maksimal kredit miqdori
36 oygacha
Kredit muddati
9 oygacha
Imtiyozli davr
USD
Kredit valyutasi
Mikro, kichik va oʻrta biznes uchun
Kimga to'g'ri keladi
4 % dan
Foiz stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Mahsulot maqsadi
Yopiq kredit liniyasi orqali eksport va eksportoldi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish.
Valyuta:
• xorijiy valyuta (AQSh dollari)
• milliy valyuta (so‘m) — qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun
Kredit miqdori:
28 mlrd so‘m ekvivalentigacha.
Kredit miqdori quyidagi mezonlardan kelib chiqib belgilanadi:
• o‘tgan kalendar yilidagi eksport hajmiga muvofiq, yoki
• so‘nggi 6 oydagi eksport tushumi hajmiga muvofiq
(qaysi ko‘rsatkich yuqori bo‘lsa — o‘sha asos qilib olinadi).
Eksport hajmi SQBning TSOYAEAT bazasi orqali aniqlanadi.
Yog‘-moy mahsulotlari bo‘yicha eksport tushumlari miqdori mijozning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB dagi hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar asosida hisoblanadi.
Kredit muddati:
Ko‘pgina yo‘nalishlar bo‘yicha – 18 oygacha
Ayrim toifalar uchun – 12 oygacha
Imtiyozli davr:
Foiz stavkasi:
• yiliga 4% dan boshlab
• ayrim hollarda — 6% yoki 14%
(Prezident farmonlari va maqsadli dasturlarga muvofiq)
Kreditni ta'minlash:
Kredit summasining kamida 125% miqdorida
(aloqador shaxslar uchun — 130%)
Mulk garovi:
• ko‘chmas mulk
(bozor hududidagi yengil konstruksiyali savdo do‘konlari qabul qilinmaydi)
• avtotransport — ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan
• pul mablag‘lari (AQSh dollarida)
Nomulkiy ta’minot:
• “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kafilligi
Ajratish shakli:
• yetkazib beruvchining hisob raqamiga pul o‘tkazish
• yoki naqd pul shaklida
Kredit olish bo‘yicha cheklovlar:
Quyidagi shaxslar kredit ololmaydi:
• bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari
(ota-ona, turmush o‘rtog‘i, farzandlar, aka-uka, opa-singil, shuningdek sobiq turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari)
Shuningdek, kredit ajratilmaydi:
• ushbu shaxslar ta’sischi yoki rahbar bo‘lgan korxonalarga
• ushbu shaxslar kafil bo‘lgan yoki garov sifatida mulk taqdim etgan korxonalarga
Yuridik shaxs maqomiga ega faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga:
Ariza.
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bundan mustasno).
Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi).
Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (mijozning moliyaviy faoliyati ushbu davrni qoplamagan holatlarda — hisobot oyining 1 kuniga tayyorlangan tezkor buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti).
Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot.
Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (kredit mablag‘lari naqd pulda ajratilganda talab etilmaydi). Import shartnomalarida mahsulot to‘liq tasniflangan bo‘lishi, soni, miqdori va qiymati to‘liq aks ettirilgan bo‘lishi, shuningdek, shartnoma summasi kredit summasidan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi lozim.
Shartnoma tovar yetkazib berish zanjirida Rossiya, Belarussiya yoki Eron davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan kontragentlar ishtirok etganda — shartnomaning sanksiya bilan bog‘liq xatarlarini baholash yuzasidan xalqaro huquqiy reytinglarda (Chambers & Partners, Legal 500, IFLR1000 kabi) Tier 1 / Band 1 reytingiga ega xalqaro yuridik kompaniyaning ijobiy xulosasi.
Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi (agar so‘ralayotgan kredit miqdori 500,0 ming AQSh dollari ekvivalentidan yuqori bo‘lsa).
Faoliyat joyi bilan bog‘liq hujjatlar (kadastr, ijara shartnomasi, e-auksion dalolatnomasi, hokim qarori va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa asoslovchi hujjatlar). Faoliyat joyi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno.
Mahsulot yetkazib berish bo‘yicha kredit summasidan kam bo‘lmagan miqdorda eksport shartnoma nusxasi (TSOYAEAT dasturida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart).
Davlat xizmatlari markazidan reestr va o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumotnoma(lar) (so‘nggi 6 oy ichida DXMda qayta ro‘yxatdan o‘tish holatlari mavjud bo‘lganda).
Kredit ta’minoti sifatida mulk taqdim etilganda:
Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.
Mulkni garovga beruvchi qarz oluvchi yoki uchinchi shaxs (korxona) ta’sischilarining kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish va undiruvni garov mulkiga suddan tashqari tartibda qaratish bo‘yicha roziligi.
Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa).
Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa).
Kredit ta’minoti sifatida kafillik taqdim etilganda:
Kafil korxona ta’sischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi.
Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno).
Kafil korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa).
Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa).
Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot.

















