main-image
BUSINESS LOANS
Develop your business with us
JAYHUN krediti

BUSINESS LOANS
Develop your business with us

Choose deposit

JAYHUN krediti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlari uchun qulay moliyalashtirish

JAYHUN krediti
Step icon

10 mlrd so‘mgacha

Kredit miqdori

Step icon

60 oygacha

Kredit muddati

Step icon

24 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS, USD, EUR va boshqa valyutalar

Kredit valyutasi

Step icon

Bank tomonidan belgilangan stavkadan past emas

Kredit stavkasi

Step icon

Mikro va kichik biznes subyektlari uchun

Mijoz

Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Usefull to know
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan mikro va kichik biznes subyektlari faoliyatini moliyalashtirish, jumladan:

    • aylanma mablag‘larni to‘ldirish;

    • investitsion loyihalarni amalga oshirish;

    • bino va inshootlarni sotib olish;

    • uskunalar va maxsus texnika sotib olish;

    • investitsion faoliyat bilan bog‘liq avtotransport vositalarini sotib olish;

    • investitsion faoliyat bilan bog‘liq qurilish maqsadlari
      (PF-93 doirasidagi uy-joy qurilish loyihalari moliyalashtirilmaydi);

    • maqsadsiz kredit (shartnoma doirasida).

    Quyidagi maqsadlar uchun ajratilmaydi:

    kredit va foizlarni so‘ndirish, uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, qimmatli qog‘ozlar va yuridik shaxs ulushlarini sotib olish, ikkilamchi hisobvaraqlarga o‘tkazish hamda mahsulot pasportida ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar uchun.

  • Valyuta:

  • Milliy valyuta (so‘m)
  • Xorijiy valyuta (USD, EUR va boshqalar)

    Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xorijiy valyutada kredit ajratilmaydi.

  • Kredit muddati:

  • Aylanma mablag‘lar uchun — 18 oygacha
  • Investitsion loyihalar uchun — 60 oygacha

  • Maqsadsiz kredit — 60 oygacha

  • Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga muvofiq

  • Imtiyozli davr:

    • Aylanma mablag‘lar uchun — 3 oygacha

    • Investitsion loyihalar uchun — 24 oygacha*

    • Maqsadsiz kredit — 6 oygacha

    • Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga muvofiq

    * Investitsion loyihalarda imtiyozli davr biznes-rejada asoslantirilishi lozim.

    Foiz stavkasi

  • Milliy valyutada (Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan):
    Markaziy bankning asosiy stavkasi + 10 foiz punktdan kam bo‘lmagan miqdorda.

    Xorijiy valyutada / jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
    Bankning tegishli operatsiyalar bo‘yicha amaldagi stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda.

    Agar maqsadli resurslar bo‘yicha stavka normativ hujjatlar bilan belgilangan bo‘lsa — belgilangan stavka qo‘llaniladi.

  • Kredit miqdori:

  • 10 mlrd so‘mgacha
  • Maqsadsiz kreditlar bo‘yicha — 7 000 dan 300 000 AQSh dollari ekvivalentigacha

  • Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlar uchun — 500 mln so‘mgacha

  • Mijozning barcha banklardagi umumiy kredit qarzdorligi — 10 mlrd so‘mdan oshmasligi lozim

  • Kredit ta’minoti:

    • Kredit ta’minotining umumiy hajmi — kredit summasining kamida 125%i.

    “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi taqdim etilgan taqdirda, mulkiy garov miqdori umumiy ta’minot hajmidan kafillik summasi ayrilgan holda belgilanadi.

    Investitsion loyihalar uchun:

    • dastlabki ko‘chmas mulk garovi — kredit summasining kamida 70%i;

    • ta’minotning qolgan qismi (kredit summasining kamida 55%i) kredit hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar va/yoki kredit mablag‘lari hisobiga quriladigan bino-inshootlar bilan ta’minlanishi mumkin.

    Bunday garov rasmiylashtirilguniga qadar sug‘urta polisi yoki kafillik taqdim etiladi.

    Mulkiy garov:
    • Ko‘chmas mulk (Bank talablari asosida)

    • Turar joy obyektlari — 50%gacha diskont bilan

    • Qabul qilinmaydi: yengil konstruksiyali savdo pavilyonlari, issiqxona va parrandachilik komplekslari, bekatlar

    • Avtotransport — ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan

    • Maxsus texnika — ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan

    • Pul mablag‘lari (kredit valyutasida)

    • Kredit hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar

    • Qurilayotgan obyektlar — kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng

    Garov baholash bo‘yicha alohida shart:

    • Ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha diskont mustaqil baholovchi tashkilot hisobotiga asosan belgilanadi.
    • Bank tomonidan qabul qilinadigan baholash qiymati “E-baholash” MChJ tomonidan aniqlangan qiymatdan oshmasligi lozim.


  • Files
    Kredit shartnomasi

    Kredit shartnomasi

    Download
    DOWNLOAD
    Mijozga qo‘yiladigan talablar

    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritishi;

    • kredit yuklamasi — 150% dan oshmasligi lozim
    (oshgan taqdirda yuridik shaxs kafilligi olinadi);

    • amaldagi kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

    “shubhali” yoki “umidsiz” deb tasniflangan amaldagi kreditlar mavjud bo‘lmasligi;

    oxirgi 12 oy davomida:

    61–90 kunlik kechikish — 1 martadan ko‘p bo‘lmasligi;

    90 kundan ortiq kechikish — ruxsat etilmaydi;

    KATM reytingi — 200 balldan kam bo‘lmasligi;

    2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

    • biznes ro‘yxatdan o‘tganiga kamida 6 oy bo‘lishi
    (PF-93 doirasidagi loyihalar uchun — kamida 2 yil);

    • barcha banklardagi umumiy kredit qarzi — 10 mlrd so‘mdan oshmasligi lozim.

    Kerakli hujjatlar
    Yuridik shaxslar uchun:
    • kredit olish uchun ariza;

    • oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari;

    • zarur hollarda choraklik hisobot;

    • shartnoma (oldi-sotdi / import);

    • TIA yoki biznes-reja (investitsion loyihalar uchun);

    • hisobvaraqlar bo‘yicha aylanmalar to‘g‘risida ma’lumot;

    • mustaqil baholovchi hisoboti (agar garov — mulk bo‘lsa);

    • garov hujjatlari.

    Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlar uchun:

    • ariza;

    • Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi

    • hisobraqam aylanmalari to‘g‘risida ma’lumot

    • shartnoma

    • ta’minot hujjatlari

    • bank so‘roviga ko‘ra boshqa hujjatlar.


      Hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va ta’minot talablari ariza ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra Bank tomonidan belgilanadi.


    SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Manage your own business from the comfort of your home

    Read more
    Deposits
    Deposits

    Open high yielding deposits for extra profits

    Read more
    Cross-border transfers
    Cross-border transfers

    Transfer money quickly and securely around the world

    Read more
    Business cards
    Business cards

    A convenient way to pay for all your business expenses

    Read more
     Salary project
    Salary project

    Credit salaries to your employees' cards, minimising risk

    Read more
    Merchant acquiring
    Merchant acquiring

    Expand the pool of potential customers for business development

    Read more
    Business loans
    Business loans

    Attractive loan products for business creation and development

    Read more

    Last updated date: 10.03.2026 16:30
    up
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    DEMO
    AI (SQB Assistant) -
    в тестовом режиме
    close
    Здравствуйте!
    Чем могу помочь?
    headphone
    close
    headphone
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    logo