Hurmatli mijozlar!
Korporativ mijozlar uchun quyidagi yangi depozit mahsulotlari ishga tushirilganini ma’lum qilamiz:
«Elastik» — qisman yechib olish va to‘ldirish imkoniyati mavjud bo‘lgan, so‘m, AQSh dollari va Xitoy yuanida ochilishi mumkin bo‘lgan moslashuvchan depozit;
«Overnight» — har kuni foizlar hisoblanadigan, "talab qilib olinguncha" turdagi qisqa muddatli depozit.
Mazkur mahsulotlar korporativ segment ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni samarali boshqarishga xizmat qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi raqamlar orqali olishingiz mumkin: +998 71 200 43 43 va 1180, bankning rasmiy veb-sayti yoki bank ofislarida.
Hurmatli mijozlar! Sizga UZCARD Sherdor Premium kartasini rasmiylashtirish imkoniyati mavjudligini ...
Hurmatli mijozlar! Xabar qilamiz, “Start” kredit mahsuloti shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchala ...
Hurmatli mijozlar! Ma’lum qilamizki, «O‘zsanoatqurilishbank» ATBda korrupsiyaga qarshi kurashish, x ...

