SQB Sustainable Finance departamenti barqaror loyihalarni texnik baholash va energiya samaradorligi bo‘yicha katta menejer lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.
14.10.2026 04:27
Asosiy vazifalar:
• Barqaror va yashil moliyalashtirish loyihalarini texnik baholash hamda belgilangan mezonlarga muvofiqligini aniqlash;
• Energiya samaradorligi va issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish ko‘rsatkichlarini hisoblash va yuritish;
• Energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
• Bank binolarida energiya va resurslarni tejash tadbirlarini muvofiqlashtirish, samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
• Bankning tegishli bo‘linmalari hamda mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
• Xizmat faoliyatini tashkil etish, xodimlar ishini muvofiqlashtirish va vazifalar ijrosini nazorat qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot;
• Energetika, energiya samaradorligi, loyihalarni texnik baholash, ESG yoki barqaror rivojlanish sohalarida kamida 3 yillik tajriba;
• Energetika resurslari, energiya tizimlari, yashil moliyalashtirish va energiya samaradorligi tamoyillarini bilish;
• Tahliliy materiallar va hisobotlar tayyorlash, ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari;
• MS Office dasturlaridan ishonchli foydalanish, ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish ko‘nikmalari;
• ESG, barqaror rivojlanish yoki energiya samaradorligi bo‘yicha sertifikatlar ustunlik beradi;
• Xizmat safarlariga tayyorlik.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 16.10.2026ga qadar yuborishingiz mumkin. 
173
Other news