Yangiliklar

“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!


25.09.2024 10:28

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan, korporativ veb sayti: sqb.uz, elektron manzili: info@sqb.uz)ning imtiyozli aksiyasiga ega aksiyadorlarga 2023-yil yakunlari bo‘yicha dividendlar hisoblanganligini ma’lum qilamiz.

Bir dona aksiyaning nominal qiytami 19 (o‘n to‘qqiz) so‘m bo‘lgan imtiyozli aksiyaga 23,0 foiz, ya’ni 4,37 (to‘rt so‘m o‘ttiz yetti tiyin) so‘m to‘lab beriladi.

Bu boradagi qaror 2024-yilning 28-iyun kuni o‘tkazilgan Bank aksiyadorlarining 2023-yil yakunlari bo‘yicha umumiy yig‘ilishida chiqarildi (Yig‘ilish bayoni 2024-yilning 4-iyulida tuzilgan).

Shuningdek, bank aksiyadorlari bilan o‘tgan yillardagi dividendlar bo‘yicha ham taqqoslama ishlar olib borilmoqda. Unga ko‘ra mavjud qarzdorliklar aksiyadorlarga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi hisobvaraqlari yoki shaxsiy plastik kartalariga to‘lab kelinmoqda.

Hurmatli aksiyadorlar, hisoblangan dividendni olish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan Bankning xizmat ko‘rsatish ofislariga (aksiyador biriktirilgan hududdagi) shaxsan tashrif buyurgan holda yoki elektron pochta manzili (arizada aksiyadorga xizmat ko‘rsatuvchi bank rekvizitlari hamda shaxsiy plastik karta hamda telefon raqamini to‘liq ko‘rsatib, pasport yoki ID kartaning skaner shaklini ilova qilgan holda) orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Bank Axborot xizmati





09/25/2024 04:53:07 pm
O'zsanoatqurilishbank 25 sentyabr kuni bo'lib o'tgan "Avtomobilsiz kun" tashabbusiga sodiq qolishda davom etmoqda

Ushbu loyiha Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi farmoniga muvofiq "O'zbekiston-2030" davlat strategiyasi dasturi doira ...

09/24/2024 09:14:38 am
O‘zsanoatqurilishbank sun’iy intellekt bilan ishlovchi ChatGPT chat botini ishga tushirdi

Chat bot bank tizimidagi kunlik vazifalar, xususan, mijozlar bilan muloqotni avtomatlashtirish imkoniyatini yarat ...

09/23/2024 02:59:16 pm
O‘zsanoatqurilishbank jamoasi “Butunjahon tozalik kuni”da faol bo‘ldi

Joriy yilning 20-sentyabr kuni respublikamiz bo‘ylab “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida ommaviy plogging ...


Last updated date: 25.09.2024 10:29  
up