Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank startaplarni qo‘llab-quvvatlashda “Red Team Accelerator” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi


14.02.2025 15:39

O‘zsanoatqurilishbank startaplarni qo‘llab-quvvatlashda “Red Team  Accelerator” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

O‘zsanoatqurilishbank startaplarni qo‘llab-quvvatlashda “Red Team Accelerator” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

O‘zsanoatqurilishbank va Qozog‘istonning “Red Team Accelerator” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Ma’lumki, 2024-yil 16-dekabr kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat banklariga mahallalardagi startap loyihalarini rag‘batlantirish maqsadida venchur kompaniyalar tuzish, shu bilan birga, har bir bank xususiy sherik topib, startaplarni biznesga aylantirish uchun akseleratorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan edi.

 Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida O‘zsanoatqurilishbank qoshida venchur moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “SQB Ventures” kompaniyasi tashkil etildi. Kompaniya tomonidan startap loyihalarni moliyalashtirish va innovasion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

 Xususan, mahallalarda yoshlar va tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilib, ularning g‘oyalarini loyihalarga aylantirish, noyob takliflarga ega loyiha tashabbuskorlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Red Team Accelerator” kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda venchur investitsiyalar va akseleratsiya sohasidagi tajriba va amaliyotlar bo‘yicha fikr almashilib, mamlakatimiz sharoitida venchur moliyalashtirishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu borada xalqaro va mintaqaviy tajribalarga asoslangan yechimlar taklif etildi. Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

– “Red Team Accelerator” 1000dan ortiq startaplar, shu jumladan, O‘zbekistonda ham qator startaplar bilan ishlagan yuqori malakali va katta tajribaga ega kompaniyadir, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Investision banking departamenti direktori Nurbek Xusanov. – Memorandumda bank tizimida startap loyihalar ekotizimi va venchur moliyalashtirish, ilk loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, natijada mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan biznes-modellarni ishlab chiqish maqsadi ilgari surilgan. Hamkorlikdagi ishlarda dastavval bank top-menejerlarini akseleratsiya va venchur moliyalashtirish yo‘nalishida o‘qitish nazarda tutilgan.

Ma’lumot uchun: “Red Team Accelerator” – bu Markaziy Osiyoda innovatsiyalar va texnologik tadbirkorlar bilan ishlaydigan kompaniya. U startaplar uchun biznesni rivojlantirish dasturlarini o‘tkazadi, yirik kompaniya va korporatsiyalar uchun korporativ mahsulot studiyalarini hamda hududiy startap ekotizimi darajasida akseleratsiya dasturlarini taklif etadi.


Bank axborot xizmati





03/21/2025 12:40:39 pm
QurilishmateriallarisanoatiOʻzbekiston-Turkiyahamkorligiasosidayanadarivojlantiriladi

OʻzbekistonvaTurkiyaoʻrtasidagiiqtisodiyhamkorliktoboramustahkamlanib, qurilishmateriallarisanoatidagialoqalary ...

03/20/2025 03:41:43 pm
Navro‘z – qadriyatlarimiz tantanasi

O‘zsanoatqurilishbank jamoasi Navro‘z ayyomi va “Milliy liboslar kuni”ni an’analarga mos tarzda ko‘tarinki ruhda ...

03/19/2025 04:15:33 pm
“Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash” dasturi: rivojlanish va yangi imkoniyatlar

Nukus tumanida qurilish materiali ishlab chiqaruvchi “Samanbay prom stroy” korxon ...


Last updated date: 20.02.2025 10:50  
close
Давайте поговорим!
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo