Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank sun’iy intellekt bilan ishlovchi ChatGPT chat botini ishga tushirdi


24.09.2024 09:13

Chat bot bank tizimidagi kunlik vazifalar, xususan, mijozlar bilan muloqotni avtomatlashtirish imkoniyatini yaratdi:

✅ mijozlarning so‘rovlari qisqa muddatda ko‘rib chiqilmoqda;

✅ mijozlardan bank mahsulotlari haqida takliflar olishi ta’minlandi.

Yaqin istiqbolda ChatGPT yordamida biznes jarayonlarni optimallashtirish ko‘zda tutilgan.

Chat bot, shuningdek, bank xodimlariga murakkab masalalarni qisqa fursatda hal qilish imkonini beradi. Mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilib, ularga individual xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqadi.

Ta’kidlash kerakki, Prezidentimizning 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bank sohasida sun’iy intellektni qo‘llash vazifalari alohida belgilangan. Shu maqsadda O‘zsanoatqurilishbank tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinmoqda.

Bank Axborot xizmati





09/25/2024 04:53:07 pm
O'zsanoatqurilishbank 25 sentyabr kuni bo'lib o'tgan "Avtomobilsiz kun" tashabbusiga sodiq qolishda davom etmoqda

Ushbu loyiha Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi farmoniga muvofiq "O'zbekiston-2030" davlat strategiyasi dasturi doira ...

09/25/2024 10:29:59 am
“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan, korporati ...

09/23/2024 02:59:16 pm
O‘zsanoatqurilishbank jamoasi “Butunjahon tozalik kuni”da faol bo‘ldi

Joriy yilning 20-sentyabr kuni respublikamiz bo‘ylab “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida ommaviy plogging ...


Last updated date: 24.09.2024 16:53  
up