Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank vakillari “Maxam-Chirchiq”da boʻlishdi


20.09.2023 13:02

Joriy yilning 20-sentyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank masʼullari “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida boʻlib, korxona rahbarlari hamda ishchi-xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda bank tomonidan korporativ mijozlar va ularning ishchi-xodimlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, bank muhsulot va xizmatlari haqida taqdimot namoyish etildi. 

Xususan, qulay shartlardagi ipoteka, isteʼmol, mikroqarz, overdraft, taʼlim va avtokreditlar, “Joyda” ilovasi orqali koʻrsatilayotgan onlayn xizmatlar,  shuningdek, investitsion va “yashil” loyihalarni moliyalatirish yuzasidan mavjud imtiyozlar, ishlab chiqarish uzluksizligini taʼminlash maqsadida ajratilayotgan revolver kreditlar xususida batafsil maʼlumot berildi.  

Ushbu xizmat va mahsulotlarga talabgorlar uchun bank mutaxassislari aynan zavod hududiga kelib xizmat koʻrsatayotgani maʼlum qilindi.

Bank Axborot xizmati




09/06/2024 04:34:58 pm
O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati bayonoti

Joriy yilning 31-avgust kuni ijtimoiy tarmoqda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBn ...

09/04/2024 02:59:45 pm
Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya holatlari haqida xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallari barqaror is ...

08/31/2024 06:59:49 pm
Toʻyga toʻyona bilan

Yurtimizda bayramlar arafasida koʻplab ezgu amallar qatori yangi korxonalarni ishga tushirish anʼanaga aylangan ...


Last updated date: 26.09.2023 10:24  
up